Nasr Ibn Ali (1012-yil vafot etgan) - Movarounnahrning ilk xoni (999 — 1012), X asr oxiri - XI asr boshlarida davlatning ulus hukmdori. Qoraxoniylar sulolasi vakili. Buxoroni egallash bilan Movarounnahrning bosib olinishini nihoyasiga yetkazgan (999-yil, oktyabr). Somoniylar amiri Abdulmalik ibn Nuh va uning qarindosh-urugʻlarini asir qilib, Oʻzgandagi zindonga tashlangan. Shu tariqa qudratli boʻlgan somoniylar sulolasi qulagan. 1000—1005-yillarda ilik Nasr Ibn Ali somoniylar hokimiyatini tiklashga harakat qilgan Mun-tasirga qarshi kurashgan va gʻalaba qilgan. 1000-yil Mahmud Gʻaznaviy Nasr Ibn Ali bilan oʻz yerlari oʻrtasidagi chegaralarni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzgan, unga koʻra, Amudaryo asosiy chegara qilib belgilangan. Natijada somoniylar davlati oʻrnida ikkita yangi davlat tashkil topgan: birinchisi — Qashqardan Amudaryogacha choʻzilgan, Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Fargʻona va qad. Sugʻd hududini oʻz ichiga olgan qoraxoniylar; ikkinchisi — Shimoliy Hindiston chegarasidan tortib Kaspiy dengizining jan. qirgʻoqlarigacha choʻzilgan, hozirgi Afgʻoniston va Shim.Sharqiy Eron viloyatlarini oʻz ichiga olgan Gʻaznaviylar davlati.

Biroq Nasr Ibn Ali Xurosonni bosib olish niyatidan butunlay voz kechmagandi. 1006 va 1008-yillarda qoraxoniylar Xurosonga ikki marta yurish qilganlar. 1006-yildagi yurish chogʻida Mahmud Gʻaznaviy Hindistonda edi. Qoraxoniy qoʻshinlari Balx, Tus va Nishopurni bosib olganlar. Biroq Mahmud Hindistondan qaytib kelib, ularni quvib yuborgan. 1008-yildagi Balx yaqinidagi jangda Mahmud qoʻshinida 500 ta fil bor edi. Nasr Ibn Ali kushini tor-mor etilib, qoraxoniylarning Amudaryoning janubidagi hududlarini egallash yoʻlidagi harakatlari shu tarzda toʻxtatilgan. Nasr Ibn Ali nixryatda jasur va dovyurak, imon, eʼtiqodli shaxs boʻlib, u haqda koʻplab rivoyatlar toʻqilgan. Jamol Qarshiynit yozishicha, Nasr Ibn Ali buyuk nomdor xoqon, juda koʻp fazilatlar sohibi boʻlgan va hijriy 402 yil (1011 — 12)da Oʻzganda vafot etib oʻsha yerda dafn etilgan.

Adabiyot

tahrir
  • Bartold V.V., Sochineniya, t.2(1), M., 1963; Materiali po istorii Sredney i Sentralnoy Azii X — XIX vv., T., 1988; Samarqand tarixi, 1-j., T., 1971.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil