Xoʻja Nasriddinning sarguzashtlari
„Xoʻja Nasriddinning sarguzashtlari“[1] – Xoʻja Nasriddin haqidagi ushbu sarguzashtlarga boy badiiy film 1946-yilda suratga olingan va Toshkent studiyasida (hozirgi „Oʻzbekfilm“) ishlab chiqarilgan. Uning ssenariy muallifi Leonidom Solovyov V.Vitkovich bilan hamkorlikda 1944-yilda „Jodulangan shahzoda“ romani asosida muallif tomonidan keyinchalik filmning ssenariysi yozilgan.
Nasriddin sarguzashtlari | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Nabi Gʻaniyev |
Ssenariynavis(lar) | Viktor Vitkovich, Leonid Solovyov |
Rollarda | Razzoq Hamroyev |
Bastakor(lar) | Aleksey Kozlovskiy |
Studiya(lar) | Oʻzbekfilm |
Chiqarilgan sanasi | 1946 |
Davomiyligi | 73 min. |
Mamlakat | SSSR |
Til | oʻzbekcha ruscha |
Syujeti
tahrirFilmda choyxonada Besoqol bilan Nasriddin oshiq-moshiq oʻyinini oʻynab oʻtirganda eshagining „dumi“ yordamida raqibidan qoʻli baland keladi. Shundan keyin raqib Nasriddinga beminnat ishlab berishga tayyor turadi, agar yutsa hammasini qaytarish sharti bilan garov oʻynashadi. Lekin Xoʻja Nasriddin oʻziga emas, balki eshakka xizmat qilishiga koʻnadi. Taqdir taqozosi bilan Nasriddinga ikkita oltitalik toshlar tushadi, Besoqol esa choyxonachilarni kulgusi ostida Xoʻjaning eshagi dumidan halilalarni tozalashga kirishadi.
Fil qahramonlari uzoq yoʻl bosib oʻtgach, Besoqol oʻz sanʼati boʻyicha choʻqqiga chiqqan kissavur ekanligi yaqqol sezilib qoladi. U choyxonachidan yangi qumgʻonni oʻgʻirlagan edi, shunda yetib kelgan doʻstlari ikkala hamrohni doʻpposlay ketishadi (maʼlum boʻlishicha, doʻpposlayotganlar Xoʻja Nasriddinni chetga chiqib ketganini sezmay qolishdi, oʻgʻrini esa choyxona egasi oldiga olib borishdi). Oxir oqibat Nasriddin bu boʻlgan koʻngilxiralikda unga „maʼnaviy zarar“ uchun tavon toʻlaydi, oʻgʻriga esa toʻrt tomonini koʻrsatib qoʻyadi. Besoqol uni tashlab ketmaslikni va oʻgʻrilik qilish sababi tanadagi ogriq xurujlari tufayli boʻlishini aytadi, oʻgʻrilikka qoʻl ursa ogʻriqlar susayishini aytib beradi. Nasriddin bu „xastaliklarni“ davolashni bilardi. U nafaqat Besoqol oʻgʻrini, balki xassis sudxoʻrni, zinokor zodagonni, shuningdek, togʻ koʻlining shafqatsiz xoʻjayini Ogʻabekni ham „shifokoriga“ aylanadi.
Suratga olish ishlari
tahrirBu film oʻzbek tilida suratga olingan boʻlib, uning ruschaga ovozlashtirish jarayoni „Soyuzbolfilm“ studiyasida amalga oshirilgan. Dublyaj rejissori – I.Shipanov, ovoz operatori – V.Dimitriyev, direktor – L.Volinskiy sanalgan.
Rollarda:
tahrir- Nasriddin – Razzoq Hamroyev (L.Sverdlin ovozlashtirgan)
- Besoqol [kisavur] – Rahim Pirmuhamedov (S.Kayukov ovozlashtirgan)
- Ogʻabek – Obid Jalilov (B.Olenin ovozlashtirgan)
- Zulfiya – Yulduz Rizayeva (T.Karpova ovozlashtirgan)
- Said – Qobil Holiqov (V.Balashyov ovozlashtirgan)
- Arzibibi – Xayri Gʻaniyeva (I.Chuvelyova ovozlashtirgan)
- Sudxoʻr – Sayfi Azimov (G.Shpigel ovozlashtirgan)
- Zodagon – Soat Tolipov (R.Plyatt ovozlashtirgan).
Film ijodkorlari:
tahrir- Ssenariy muallifi – Viktor Vitkovich, Leonid Solovyov
- Postanovkachi-rejissor – Nabi Gʻaniyev
- Postanovkachi-operator – Daniil Demutskiy
- Operator – Mixail Kasnyanskiy
- Bastakor – Aleksey Kozlovskiy
- Rassom – Varsham Yeremyan
- Ovoz rejissori – Karim Boʻriboyev
- Montaj ustasi – Raisa Shor
- Direktor – Mixail Ishevskiy
Manbalar
tahrirHavolar
tahrirNasriddin sarguzashtlari Youtube.com