Nasrulloyi - oʻtmishda (16-asr) yashab ijod etgan mashhur bastakorning ismi (taxallusi)ga nisbat berib atalgan musiqiy asarlar nomi. Shashmaqomda Buzruk maqomi Mushkilot boʻlimida "Muhammasi N." nomi bilan asosiy cholgʻu qismlaridan biri sifatida oʻrin olgan. Ushbu maqomning ashula boʻlimida N. nasr yoʻlida yaratilgan shoʻʼbalardan biridir. U oʻzining kuy qiyofasi jihatidan Buzrukning bosh-qa shoʻʼbalaridan birmuncha farqqiladi. Ichki tuzilishi boʻyicha N. cholgʻu muqadimma, daromad, miyenxat, dunasr, Turk avji, tushirim kuy jumlalaridan tashkil topgan. N. shoʻʼbasi oʻzidan soʻng keladigan 3 Taronaga ega. N.ning bosh kuy mavzui boshqa shoʻʼbalarda namud sifatida ishlatiladi.

Xorazm maqomlarida ham Buzruk maqomi aytish yoʻlidan oʻrin olgan boʻlib, nasr shoʻʼbasi uslubida yaratilgan namunalardan. Toshkent — Fargʻona maqom yoʻllari qatorida N. 5 qismli cholgʻu kuylar turkumi sifatida maʼlum. Uning qismlari har xil vazn va doira usullariga tushirilgan boʻlib, ikkinchisi (chapandoz)ning ashula yoʻli ham mavjud.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil