Naturfalsafa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Naturfalsafa — tabiat falsafasi; tabiatni bir butun tizim sifatida, asosan, jonli mushohada negizida yoki tabiatshunoslikdan uzlashtirilgan bilimlar orqali talqin etish va tushuntirish, uning umumiy manzarasini tasvirlash borasidagi falsafiy urinishlar majmuasi. Yunon naturfaylasuflari — Fales, Anaksimandr, Anaksimen, appoloniyalik Diogen, Geraklit N.ning asoschilari boʻlganlar. Ular barcha mavjud narsalar kelib chiqishining yagona tabiiy asosini topishga urindilar. N.ning keyingi rivoji Aristotel maktabi va stoiklar faoliyati bilan bogʻliqboʻldi. N. ("philosophia naturalis") tushunchasi ilk bor Senekalya. uchraydi. N. bilan tabiatshunoslik oʻrtasidagi chegara va uning falsafasidagi oʻrni tarixan oʻzgarib turgan. Aslida, N. falsafa ilmining ilk tarixiy shakli sifatida namoyon boʻddi. Yunon natur faylasuflari ilm-fan tarixida juda muhim sanalgan koʻpgina qarashlarni, jumladan, atomistik qarashlarni ilgari surdilar. Keyinchalik, N. odatda, fizika yoki fiziologiya, yaʼni tabiat toʻgʻrisidagi taʼlimot deb ataldi. Falsafa xudo toʻgʻrisidagi taʼlimot bilan yaqinlashgan oʻrta ayerlarda N. falsafa sohasidan uzoqlashdi. N.ning ayrim unsurlari nasro-niy, musulmon va yahudiy dinlarining olamni xudo tomonidan yaratilishi toʻgʻrisidagi taishmotlariga moslashtirildi. Natijada, N., koʻpincha, xayol-parastlik shaklidagi natursafsataga aylandi. Biroq, oʻrta ayerlarda tabiatshunoslikning rivoji bilan bogʻliq tarzda N. ham rivojlandi. Bu hol Gʻarbda sxolastika rivojining soʻnggi bo-sqichi davri (Foma Akvinskiy, Buyuk Albert ijodi)da, Sharkda esa undan ancha oldinroq — Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa faoliyatida kuzatiladi.
Uygʻonish davri falsafasida tabiatga nisbatan qiziqishning ortib borishi bilan N.ning yangi namoyandalari (J. Bruno, B. Telezio, J. Kampanella, J. Kardano, Paratsels, F. Patritsi) yuzaga keldi. Uygʻonish davri N.si, asosan, panteizm va gilozoizm negizida rivojlandi, koʻp hollarda esa hayolpa-rastlik tusini oldi. Tabiatni oʻrga-nishning tahliliy usullari ustuvor boʻlgan 17—18-asrlarda N. ortga chekindi. Biroq, N. nemis mumtoz falsafasida falsafiy yoʻnalishlardan biri sifatida yangidan olgʻa surildi (Kant, Shelling, Oken, Gegel, Shopengauer, Gyote, Karus). Tabiatshunoslikning ulkan yutuqlari va idealistik N.ning unutila borishi 20-asrda N.ni avval materializm tomonga ogʻdirgan boʻlsa, soʻng uni butunlay barham toptirdi. 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida N.ning yangi turdagi shakllarini kaytadan yaratishga urinishlar (Ostvald, Reynke, Drish, Paladi, N.Gartman) yuz berdi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |