Hazrati Navon masjidi
Hazrati Navon masjidi (qozoqcha: «Науан Хазірет» мешіті, «ناۋان حازىرەتى» مەشىتى; ruscha: Мечеть «Науан Хазрет») – Qozogʻistonning shimoliy qismidagi Oqmoʻla viloyatining poytaxti Koʻkchatov shahri markazidagi masjid. 2010-2015-yillarda shahar aholisining xayriya mablagʻlari hisobidan qurilgan minoralari 45.5 metr (149 ft), gumbazi esa 25 metr (82 ft) balandlikka ega.
Masjid | |
Hazrati Navon masjidi
«Науан Хазірет» мешіті | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Hudud | Oqmoʻla viloyati |
Shahar | Koʻkchatov |
Gumbazlar soni | 1 ta asosiy, 6 ta yonaki |
Gumbazlar soni | 1 ta asosiy, 6 ta yonaki |
Gumbaz balandligi | {convert|25|m|adj=on}} |
Gumbaz yoʻgʻonligi | 12 |
Minoralar balandligi | 45.5-metr (149 ft) |
Qurilish materiallari | Beton, granit va marmar |
Hazrati Navon masjidi Vikiomborda |
Masjid 2015-yil 16-sentyabrda jamoat foydalanishi uchun ochilgan. Masjidning umumiy maydoni 5,138 m2 (55,300 kv ft) boʻlib, u oʻzida 1200-1400 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Ibodat qiluvchilar ibodat paytida jinsiga qarab ajratiladi; ayollar ikkinchi qavatda (balkonda), erkaklar birinchi qavatda namoz oʻqishadi[1].
Tarixi
tahrirMasjid Koʻkchatov eng katta masjidlardan biri hisoblanadi. Masjid musulmon axloqini targʻib qilgan ilohiyot olimi, chor Rossiyasida qozoqlar haq-huquqlari uchun kurashgan, boʻysunmas jangchi sifatida tanilgan Naurizbay Talasov (1843—1916) nomi bilan atalgan.
Dizayni va qurilishi
tahrirMasjid qurilishi 2010-yilning mart oyida boshlangan[2], 16-sentyabr kuni esa masjidning rasmiy ochilish marosimi boʻlib, shaharning noyob obyektlari roʻyxatiga kiritilgan[3]. Masjid qurilishida eng yangi va zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan.
Masjidning umumiy maydoni (atroflaridagi bogʻlar bilan) 15,279 m2 (164,460 kv ft) ni tashkil etadi. Masjidning oʻzi esa 5,138 m2 (55,300 kv ft) lik maydonda joy olgan. Masjidning dizayni klassik islom uslubiga monand tarzda, qozoq naqshlari bilan bezatib shakllantirilgan. Masjidning asosiy zali tomiga gumbaz (diametri – 12 m [39 ft], balandligi— 25 m [82 ft]) oʻrnatilgan. Masjid atrofidagi toʻrtta minoralarning balandligi 45.5 m (149 ft) ni tashkil etib, ular Oqmoʻla viloyatidagi eng baland minoralar hisoblanadi. Masjidning tashqi va ichki devorlari aglay, travertin bilan bezaklangan, ichki dizaynda oq marmardan keng foydalanilgan. Bu yerda umumiy hisobda 45 dona qandil mavjud[4].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ A mosque was opened in Kokshetau for 1.5 billion tenge.
- ↑ „One of the largest mosque in Kazakhstan was opened in Kokshetau“. Qaraldi: 2020-yil 17-sentyabr.
- ↑ „A new mosque "Nauan Khazret" was opened in Kokshetau“. Qaraldi: 2020-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Opening Day“. Qaraldi: 2020-yil 17-sentyabr.
Havolalar
tahrirVikiomborda Hazrati Navon masjidi haqida turkum mavjud |