Navbahor Hamidova

oʻzbekistonlik bokschi

Navbahor Nishon qizi Hamidova (2001-yil 7-fevral, Samarqand[1], Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik ayol boskchi, 2024-yilgi Parij olimpiadasi ishtirokchisi[2]. Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va milliy turnirlarining koʻp karra chempioni va sovrindori.

Navbahor Nishon qizi Hamidova

Navbahor Hamidova 2024-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 7-fevral 2001-yil (2001-02-07) (23 yosh)
Samarqand, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Boks

Faoliyati

tahrir

2019-yilgi Mongoliyaning poytaxti Ulan-Batorda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan[3].

2021-yil Bolgariyaning Sofiya shahrida oʻtkazilgan Stranja—2021 turniri ishtirokchisi[4].

2021-yilgi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrdia oʻtkazilgan Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan[5].

2022-yil Iordaniyaning Amman shahrida oʻtkazilgan kattalar oʻrtasidagi boks boʻyicha Osiyo chempionatida oltin medal sohibi boʻlgan[6][7].

2023-yil yanvar oyida Tailandda oʻtkazilgan 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 66 kg vaznda oltin medal sohibi boʻlgan[8].

2023-yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida oʻtkazilgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan[9][10].

2024-yil Tailandning Bangkok shahrida 2024-yilgi Parij Olimpiadasi yoʻllanmasi uchun oʻtkazilgan litsenzion turnirda gʻolib boʻlib, Olimpiada ishtirokchisiga aylangan[11][12][13].

Manbalar

tahrir
  1. „Navbakhor Khamidova“. Qaraldi: 2024-yil 2-avgust.
  2. „Parij—2024. Navbahor Hamidova AQSH vakilini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi“ (2024-yil 1-avgust).
  3. „O‘zbekistonlik yosh bokschilar Osiyo chempionatida 14 ta medalni qo‘lga kiritdi“ (2019-yil 17-noyabr).
  4. „Stranja—2021. Bahodir Jalolov va Bobousmon Boturov finalga chiqdi, Shahobiddin Zoirov esa yutqazib qo‘ydi“ (2021-yil 27-fevral).
  5. „Osiyo chempionati—2021 yakunlari. O‘zbekistonlik erkak bokschilar 10 ta, ayollar esa 8 ta medalga ega chiqdi“ (2021-yil 1-iyun).
  6. „Boks bo‘yicha OCH—2022. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani bittadan oltin, kumush va bronza medali bilan yakunladi“ (2022-yil 11-noyabr).
  7. „Navbahor Hamidova - Osiyo chempioni!“ (2022-yil 11-noyabr).
  8. „Boks U22. O‘zbekistonlik qizlar 10 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi“ (2023-yil 25-yanvar).
  9. „Nyu-Deli-2023. Navbahor Hamidovani mag‘lub etgan raqib erkak bo‘lib chiqqani uchun vatandoshimizga bronza medali taqdim etildi“ (2023-yil 26-mart).
  10. „Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi JCH—2023 da jazoirlik bokschi genetik testdan o‘tolmadi. Unga chorak finalda yutqazgan Navbahor Hamidovaga bronza medali topshirildi“ (2023-yil 27-mart).
  11. „Navbahor Hamidova Parij Olimpiadasiga yo'l oldi“ (2023-yil 2-iyul).
  12. „Навбаҳор Ҳамидова Париж-2024 ёзги Олимпия ўйинларига йўлланма олди“ (02 iyun 2024).
  13. „Parij—2024. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 11 nafar sportchi bilan qatnashadigan bo‘ldi“ (2024-yil 2-iyul).

Havolalar

tahrir