Navkent
Navkent (ruscha: Навкент) — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan. Tuman markazidan 3 kilometr. Yaqin temir yo'l bekati Chortoq bo'lib, tuman markazidan 20 kilometr uzoqlikda. Shimoldan Buloqboshi qishlog'i, janubda Yangiqo'rg'on shaharchasi bilan chegaradosh. Bu qishloq miloddan avvalgi 1000 yillik o'rtalarida paydo boʻlgan degan farazlar bor. Navkentda Dam, Janjal, Sho'rko'l hamda Terak mahallalari mavjud. Aholisi 9827 kishi (2023-yil) va ular asosan sabzavotchilik, pillachilik va bog'dorchilik bilan shug'ullanadi.
Shaharcha | |
41°12′09″N 71°43′16″E / 41.20250°N 71.72111°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Namangan viloyati |
tuman | Yangiqoʻrgʻon tumani |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |