Navuxodonosor II
Navuxodonosor II — Bobil podshosi (miloddan avvalgi 605—562). 605-yil Suriya va Falastin hududini bosib olgan, 598-yil Shimoliy Arabistonga yurish qilgan. 597-yil, soʻngra 587-yil (boshqa maʼlumotlarga koʻra, 586-yil) qoʻzgʻolon koʻtargan Quddus shahrini vayron qilgan. Yahudiya (Iudeya) podsholigini tugatgan va Yahudiyaning aksariyat aholisini asir qilib olib ketgan. Uning davrida mashhur „Bobil minorasi“ va osma bogʻlar bunyod etilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |