Naxshabiy Abu Turob
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Naxshabiy Abu Turob (? - 850, Qarshi) — tasavvuf shayxlaridan biri. Piri murshid darajasiga erishgan. U tasavvufning muhim shartlaridan biri boʻlgan nafs va kibrni jilovlashning inson hayotidagi ahamiyatini koʻrsatgan. Alisher Navoiy oʻzining "Lison uttayr" dostonida Naxshabiy nomini ehtirom bilan tilga olgan. Abu Turob Xuroson mashoyixlari orasida mashhur boʻlgan. Qirq marta hajni ado etgan. Maʼruza va suhbatlarida kishilarni nafsni tiyib yurishga, sabr-qanoatli boʻlishga, shariat, tariqat va maʼrifat yoʻlidan borishga chaqirgan. Zamondoshlari uni "ma'no shohining mardoni", "Taqvo osmonining oyi", "Haqiqat ilmining orifi", "qutbi zamon" deb taʼriflashgan. Abu Turob haqida el orasida oʻnlab naqllar yoyilgan. Shulardan yigarmaga yaqini Muhammad Siddiq Rushdiyning "Avliyolar sultoni, turonlik avliyolar" kitobida (Toshkent, 1995) keltirilgan. Alisher Navoiy uning 261 hijriy (mil. 875) yilda olamdan oʻtganligini qayd etadi. Basra dashtida vafot etganligi rivoyat qilinadi. Qabri Qarshi shahrida.[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ OʻzME. Husniddinov Z., Ibrohimov N. 14-bet. -T: „Davlat ilmiy nashriyoti“, 2004.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |