Nayman adirlari - Fargʻona viloyatidagi adirlar. Fargona vodiysida, Karkidon suv omborining shim. gʻarbi, Qoraadir togʻlarining jan.-gʻarbida joylashgan. Balandligi 725–750 m, yuqori pliotsen-quyi toʻrtlamchi davrning alevrolit, konglomerat, gil, qumtoshlaridan tuzilgan. Adirlar oʻrtacha parchalangan. Jan.dan boshlanuvchi soy oʻzanlari ularni bir necha joyda kesib oʻtgan. Yuvilgan toʻq boʻz tuproklarda efemerlar, efemeroidlar, shuvoq keng tarqalgan. Yay-lov chorvachiligida foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil