Naypachoq — yogʻochdan yasalgan puflab chalinadigan sozlarda tovush hosil qiluvchi yupqa plastinka. Ilgari qamishdan tayyorlanganligi uchun qamish til deb atalgan. Hozir boshqa materiallardan ham tayyorlanadi. Yakka (klarnet, saksofon kabi sozlarda) va juft (surnay, goboy, fagot kabi sozlarda) turlari bor. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil