Nazira Ahmedova (5-iyun 1913; Namangan — 25-fevral 1964; Toshkent) — oʻzbek opera xonandasi (lirik-koloraturali soprano). Oʻzbekiston xalq artisti (1951). Moskva oʻzbek opera studiyasida taʼlim olgan (1927—1930). Oʻzbek ishchiyoshlar teatri (1930), Hamza teatri artisti (1931). Oʻzbekiston radio qoʻmitasi (1932), Oʻzbek musiqa teatri (1935—1939), Navoiy teatri (1939—1964) yakka xonandasi.

Oʻzbek, qardosh xalqlar operalari va chet el hamda rus klassik operalarida 20 dan ortiq rollar ijro etgan: Norgul (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, „Boʻron“, (1939—1943); Nodira („Buyuk kanal“, 1941); Tana (Yevgeniy Brusilovskiy, „Er Targʻin“, 1939—1943); Asal (R. Glier, T. Sodiqov, „Gulsara“, 1949—1954); Layli („Layli va Majnun“, 1954—1958); Mikaela (J. Vize, „Karmen“, 1944—1947) va boshqa qator oʻzbek xalq qoʻshiqlari va kompozitorlarning romanlari (Doni Zokirov, „Koʻrmadim“; M. Burhonov, „Ishqida“; T. Sodiqov, „Sarvigul“)ni mahorat bilan ijro etgan.

Havolalar

tahrir