Nazirjon Saidov
Saidov Nazirjon Shamsudinovich (1948-yil 10-yanvar – 2024-yil 27-iyun) – oʻzbek davlat va jamoat arbobi, jurnalist. Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, „El yurt hurmati“ ordeni sohibi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
Nazirjon Shamsudinovich Saidov | |
---|---|
Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari | |
Mansab davri 1993-yil – 1999-yil | |
Prezident | Islom Karimov |
Oltinkoʻl tumani hokimi | |
Mansab davri 1990-yil – 1993-yil | |
"Andijonnoma" va "Andijanskaya pravda" gazetalari bosh muharriri | |
Mansab davri 2000-yil – 2004-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1948-yil 10-yanvar Oltinko‘l tumani |
Vafoti | 2024-yil 27-iyun |
Millati | o‘zbek |
Mukofotlari | „El yurt hurmati“ ordeni, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi |
Tarjimai holi
tahrirNazirjon Saidov 1948-yilda Oltinkoʻl tumanida tugʻilgan. 1979 yilda Toshkent davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ijodiy faoliyatini 1970-yilda Andijon tuman ijroiya qoʻmitasi muassisligidagi „Kommunizm tongi“(hozirda „Andijon tongi“) gazetasida katta adabiy xodim vazifasidan boshlagan. Turli yillarda ushbu gazetada muxbir, boʻlim mudiri va muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 1978-1984-yillarda Oltinkoʻl tumanidagi „Kommunistik mehnat uchun“, 1999-yildan 2004-yilga qadar "Andijonnoma" va "Andijanskaya pravda" gazetalari muharriri sifatida faoliyat yuritgan.
Siyosiy faoliyati
tahrirNazirjon Saidov 1984-yildan 1999-yilga qadar hokimlik tizimida ishlagan boʻlib, 1984-yildan Oltinkoʻl tumani ijroiya Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 1990-1993-yillarda Oltinkoʻl tuman hokimi, 1993-1999-yillarda Andijon viloyat hokimining oʻrinbosari, kotibiyat mudiri lavozimlarida ishlagan. 2008-2021-yillarda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat boʻlimi rahbari sifatida ish olib borgan. Saidov 1999-2004-yillarda II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Deputati boʻlgan.
Mukofotlari
tahrirFaxriy jurnalist 2001-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, 2019-yilda "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan.