Nabijon Nazirovich Nazirov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nazirov Nabijon Nazirovich (1931. 9.6, Oʻsh — 1987.6.7, Toshkent) — fiziolog, radiobiolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981). VASXNIL muxbir aʼzosi (1970), professor (1969). Toshkent Davlat Universiteti ni tugatgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar genetikasi va fiziologiyasi institutida ilmiy xodim (1956—60). 1961-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining oʻsimliklar radiatsi-on biol. laboratoriya mudiri. N. birinchilardan boʻlib ionlovchi radiatsiyaning gʻoʻzaga taʼsirini tadqiq qildi. U xoʻjalik belgilari jihatidan qimmatli boʻlgan 20 dan ortiq oʻrta tolali va ingichka tolali gʻoʻzaning yangi liniyalari va navlari (tezpishar va serhosil AN-Kattaqoʻrgʻon, viltga chidamli AN-401, bargi tabiiy ravishda toʻkiladigan AN-402 va boshqalar) ni yaratdi.
Manbalar
tahrir- Deystviye radiatsii na fiziologicheskiye i bioximicheskiye protsessi u xlopchatnika, T., 1969; Radiochuvstvitelnost xlopchatnika i geneticheskiy effekt ioniziruyushey radiatsii, T., 1970; Nauka i xlopok, T., 1977.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |