Nazokat Neʼmatova
Nazokat Neʼmatova (21-mart 1922-yil - Buxoro — 31-yanvar 2002-yil) — Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Sahna faoliyatini Buxoro yosh tomoshabinlar teatrida boshlagan (1938). 1941-yildan Buxoro viloyat musiqali drama va komediya teatrida. Yokimli shirador ovozi (dramatik soprano) drama bilan bir qatorda musiqali dramalarda ham rang-barang lirik qaxramonlar obrazini yaratish imkonini bergan. Gulnor (Sh. Saʼdulla, xalq musiqasi, "Yoriltosh"), Layli (Xurshid; T. Sodiqov, R. Glier, "Layli va Majnun"), Zuhra (S. Abdulla; T. Jalilov, "Tohir va Zuxra"), Shirin (Komil Yashin; Yu. Rajabiy, B. Nadejdin, "Farhod va Shirin"), Sanam (A. Bobojon; K. Otaniyozov, "Aziz va Sanam"), Sonni (B. Gargi; M. Ashrafiy, "Mirza Izzat Hindistonda") kabi bosh qahramonlar siymosini gavdalantirgan. Dramalarda Jamila ("Boy ila xizmatchi"), Guli ("Alisher Navoiy"), Katerina ("Momoqaldiroq") singari obrazlar yaratgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |