Negri missiyasi (1820) - Erondagi rus elchixonasining katta maslahatchisi A. F. Negri (1784—1854) rahbarligida savdo shartnomasi tuzish uchun Buxoroga yuborilgan missiya. Tar-kibi polkovnik Ye.K. Meyendorf, paleontolog X. G. Pander, zoolog va botanik E. A. Eversman, topograflar Val-xovskiy va Timofeyev, tarjimon Yakovlev va boshqalardan iborat boʻlgan. Negri missiyasi biror aniq bitimning imzolanishiga erisha olmagan boʻlsada, kelajakda Buxoro bilan Rossiya oʻrtasidagi aloqalarning tiklanishiga, savdo-sotiqning yoʻlga qoʻyilishiga hamda har ikki davlat diplomatik munosabatlarida iliq vaziyatning vujudga kelishiga sabab boʻldi.Ular josuslik harakteridagi maʼlumotlarni ham toʻplashgan. Negri missiyasi aʼzolaridan Ye. K. Meyendorf va E. A. Eversman ana shu safar xotiralari asosida materiallarga boy bir necha kitob yozib qoldirganlar.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil