Nejat İşler
Nejat İşler 1972-yil 28-fevralda tugʻilgan) – turk aktyor va yozuvchisi. U koʻplab mashhur filmlar, jumladan Kann kinofestivalida gʻolib chiqqan filmlari bilan tanilgan[1]. Uning mashhur seriallari tarikibiga: Behzat Ç, Gülbeyaz, Bıçak Sırtı, Keşanlı Ali Destanı, Intikam, Aliye va Şehnaz Tango kabilar kiradi[2][3].
Nejat İşler | |
---|---|
Nejat İşler Gümüşlükspor chempionatida, 2016-yil | |
Tavalludi |
Necat İşler 28-fevral 1972-yil |
Fuqaroligi | Turkiya |
Taʼlimi | Yıldız Texnika Unversiteti |
Kasbi | Aktyor |
Faoliyat yillari | 1994-hozirgacha |
Biografiyasi
tahrirNejat İşler Istanbulning Eyüp tumanida tugʻilgan. Cağaloğlu Anadolu Liseyida oʻqigan va u yerdagi teatr guruhiga qoʻshilgan[4]. İşler harbiy xizmatni oʻtashga ketishidan oldin Yıldız Texnika Unversitetida ikki yil fotografiya kursida oʻqigan. Shundan soʻng u bir muncha vaqt sotuvchi boʻlib ishladi. „Dantonning oʻlimi“ nomli spektaklni tomosha qilgandan soʻng, unda aktyor boʻlishga qiziqish uygʻondi. Keyinchalik İşler Mimar Sinon tasviriy san'at universiteti konservatoriyasiga oʻqishga kirdi va u yerda teatr fakultetida oʻqidi. Ikki doʻsti bilan „Kahramanlar ve Soytarılar teatri“ va „Bodrum deneme Sahnesi“ni tuzishdi. 1993-yilda Borsada debyutini amalga oshirgach, keyinchalik Eylül Fırtınası kabi filmlarda suratga tushgan. Mustafa Hakkında Herşey va Anlat Istanbul ham shular jumlasidandir. “Behzat Ç. Seni Kalbime Gömdüm”, “Behzat Ç. Ankara Yanıyor” filmlarida ham aktyorlardan biri sifatida suratga tushgan. Gerçek Hesap Bu va Ben Hep Senin Yanındaydim kitoblari muallifi. U shuningdek, Gümüşlükspor futbol jamoasi prezidenti hioblanadi[5].
Shaxsiy hayoti
tahrirİşler 2014-yil yanvar oyida xususiy Bodrum Acıbadem kasalxonasiga yotqizildi[6]. Unga ogʻir oʻpka infektsiyasidan kelib chiqqan nafas etishmovchiligi tashxisi qoʻyilgan[7].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Altın Palmiye, Nuri Bilge Ceylan'ın 'Kış Uykusu'na“ (2014-yil 24-may).
- ↑ „Nejat İşler kimdir? - Yeni Akit“.
- ↑ „Altın Palmiye, Nuri Bilge Ceylan'ın 'Kış Uykusu'na“ (2014-yil 24-may).
- ↑ „Nejat İşler, Erdoğan'ın yeğeni mi?“ (tr) (2009-yil 26-iyul). 2018-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-noyabr.
- ↑ „Nejat İşler Eserleri ve en Çok Satan Kitapları - Can Yayınları“.
- ↑ „Dualar Nejat İşler için...“ (tr) (2014-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 6-noyabr.
- ↑ „Nejat İşler konuşmaya başladı“ (tr). Cumhuriyet (2014-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 6-noyabr.