Nemis davlat operasi (Die Deutsche Staatsoper) — Berlindagi opera teatri. 1742-yilda ochilgan (1918-yilgacha Qirol opera teatri). Milliy opera sanʼati rivojlanishida muhim rol oʻynagan; repertuaridan itadyan va fransuz kompozitorlari bilan birga L. Betxoven, K. M. Veber, L. Shpor, R. Vagner, R. Shtraus va boshqa nemis kompozitorlari asarlari asosiy urin olgan. Teatrda Yevropaning eng mashhur diri-jyorlari (V. Furtvengler, O. Klemperer, R. Shtraus, G. Karayan va boshqalar) faoliyat koʻrsatgan. Hozir teatr nemis operasining eng yaxshi anʼanalarini rivojlantirmoqda va chet el mumtoz va zamonaviy kompozitorlarining operalarini tashviq qilmoqda. Nemis davlat operasio. binosi Ikkinchi jahon urushi davrida qisman buzilgan. Qayta tiklangach, 1955-yilda ochilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil