Nenetslar muxtor okrugi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nenetslar muxtor okrugi (1977 i. 7-oktabrdan) — Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk tarkibidagi muxtor okrug. Shimoliy iktisodiy rayonga kiradi. 1929-yil 15-iyulda mil-liy okrug sifatida tashkil etilgan. Rossii Yevropa qismining chekka shimoli-gʻarbida joylashgan. Hududining asosiy qismi Shimoliy Qutbiy doyra orkasida. Oq, Barens, Pechora va Kara dengizlariga tutash. Kolguyev va Vaygach orollarini oʻz ichiga oladi. Maydoni 176,7 ming km². Aholisi 46,6 ming kishi (1998). Rus, nenets, komilar yashaydi.
1 km² ga 0,3 kishi toʻgʻri keladi. Shahar aholisi 59,4%. Okrugda 1 shahar va 2 shaharcha bor. Poytaxti — NaryanMar shahri
Yer yuzasi asosan, tekislik, bir necha past togʻlar (kryajlar), Timan kryaji va Pay-Xoy tizmasi (balandligi 467 m gacha) bor. Bolshezemelsk va Malozemelij tundralari botqokdashgan. Iqlimi subarktika iqlimi, yozi salqin, qishi uzoq va sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —12° dan (janubi-gʻarbda) —22° gacha (shimoli-sharqda), iyulniki 6° dan (shimoliy da) 13° gacha (janubida). Yillik yogʻin 350 mm gacha. Toʻngib yotgan yer koʻp. Vegetatsiya davri 72—110 kun. Eng katta daryosi — Pechora. Asosan, gleyli tundra va gleyli-torfli, janubi-gʻarbda gleyli-podzol tuproqlar tarqalgan. Hududining U4 qismi tundra zonasida. Dare vodiylarida tolzorlar bor. Dare kayirlari va Pechora deltasi oʻtloq. Hududining koʻp qismi bugu uchun yaylov. Oq tulki, oq sichqon, qushlardan tundra kakligi, gʻoz, oʻrdaklar yashaydi. Dare va dengizlar baliqqa boy.
Sanoati yogʻoch tilish, baliq konserva, goʻsht-sut korxonalaridan iborat. Neft, gaz, torf, qurilish materiallari konlari mavjud. Bugʻuchilik bilan shugʻullaniladi, dengizdan baliq ovlanadi. Burka tikish, sovgʻa buyumlari ishlab chiqarish anʼanaviy kayebkorlik hisoblanadi. Yirik korxonalari: "Pechorales", baliqchilik kombinati, Naryan-Mar yogʻ zavodi va goʻsht kombinati. Bosh sanoat markazi — Naryan-Mar shahri Qishloq xoʻjaligida sut chorvachiligi yetakchi oʻrinda. Kartoshka, sabzavot, turneps ekiladi. Moʻynali hayvonlar ovlanadi. Pechora daryosida kema katnaydi. Dengiz portlari: Naryan-Mar, Amderma. Yuklar, asosan, avtomobil trans-portida tashiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |