Neopozitivizm (neo... va pozitivizm) — 20-asr falsafasidagi asosiy yoʻnalishlardan biri. Pozitivizmning hozirgizamon shakli N.ga Vena toʻgaragi qatnashchilari M. Shlik, R. Karnap, O. Neyrat asos solgan. N.ning Angliyada tarqalishida B. Rassel, L. Vitgenshteyn va boshqa katta oʻrin tutgan. N.ning asosiy gʻoyalari empirizm va fenomenalizmta (J. Berkli, D.Yum) borib taqaladi.

Falsafaning dunyoqarash masalalarini nazariy bilish vositasi sifatidagi imkoniyatlarini rad etib, fanni falsafaga qarshi qoʻyadi. Bilimni (yoki ilmiy, falsafiy, ogʻzaki tilni) mantiqiy yoki lingvistik tahlil qilish uslubini ishlab chiqishni maq-sad qilib olgan. N. gʻoyalari Vena toʻga-ragi faoliyatida oʻz ifodasini topdi, uning asosida mantiqiy pozitivizm vujudga keldi. N.ni fan falsafasi (Ch. Morris, P. Brijmen), Shvepiyadagi Upsala maktabi va boshqa yoʻnalishlarning vakillari qoʻllabquvvatladilar. 1950-yillarda lingvistik falsafa katta nu-fuzga ega buldi. Fanning uslubiy ma-salalarini ishlab chiqishni daʼvo qilib, amalda ularni hal eta olmadi. N. namoyandalari hozirgi formal mantiq, semiotika va fan mantigʻi rivojida muayyan rol oʻynadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil