Neotektonika (neo... va tektonika), eng yangi tektonika — tektonikaning Yerning hozirgi relyefi asosiy qiyofasini shakllantirgan turli strukturalar, Yer poʻsti rivojlanishning tarixi va tektonik harakatlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Bu jarayonlar Yer poʻsti tuzilishida yangi struktura shakllarini vujudga keltirib, qadimda paydo boʻlgan strukturalarni faollashtirgan. 1937-yil rus olimi S. S. Shuls birinchi marta "eng yangi tektonika" istilohini taklif etdi. U Tyanshan togʻlari hozirgi relyefining vujudga kelishini eng yangi tektonika jarayonlari bilan izoxladi. 1948-yilda geo-loglar N.ni geologiyaning mustaqil boʻlimi qilib ajratishni taklif qildilar. 1950-yilda olimlar tektonik harakatlar kuchaygan davr (neogen-antro-pogen davri)ni Yer poʻsti rivojlanishining mustaqil eng yangi tektonik bosqichiga ajratdilar. Yer poʻsti turli struktura elementlari —materik platformalari, orogenez zonalari, hozirgi geosinklinal oblastlar, tafrogenezda eng yangi tektonik harakatlar faolligining kuchayishi bir vaqtda kech-magan (kechki oligotsen, neogen, antro-pogen). Bu eng yangi tektonik bosqichning quyi chegarasi masalasi boʻyicha olimlar oʻrtasida bahsga sabab buldi.

N.da tektonik jarayonlarni urganishda turli metodlar (tarixiy-geologik, tektonik va geomorfologik, geofizik, tarixiy-arxeologik, biogeografik) va boshqalardan foydalaniladi. N.ga doyr turli regionlarning har xil masshtabdagi haritalari nashr qilingan.

N.ning nazariy masalalarini ishlab chiqish amaliy vazifalar — muxandislik inshootlari (toʻgʻon, port va boshqalar) loyihalash va qurish, suv taʼminoti, neft va gaz quvurlarini yotqizish, konlarni qidirish, zilzilalarni basho-rat qilish bilan chambarchas bogʻliq.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil