Neron teatri

imperator Neron teatri

Neron teatri (lotincha: Theatrum Neronis) — Rim imperatori Neron tomonidan qurilgan xususiy teatr. Bino 2020—2023-yillarda Rim maxsus arxeologik nazorati [it] tomonidan olib borilgan qazishma ishlari natijasida aniqlangan qoldiqlar paydo boʻlgunga qadar faqatgina adabiy manbalardan maʼlum boʻlgan[1].

Teatrning chap tomondan koʻrinishi, Palazzo dei Penitenzieri yuqori hovlisi ostida joylashgan hududi

Joylashuvi

tahrir

Teatr Tibr daryosining oʻng qirgʻogʻida, Ager Vaticanus banki, Katta Agrippina bogʻida (nabirasi Neronga meros boʻlib qolgan) Kaligula oʻz sirkini qurgan hududda joylashgan[1]. Uning qoldiqlari Italiya uygʻonish davri uslubida qurilgan Palazzo Della Rovere hovlisi, Borgo, Via della Conciliazione va Borgo Santo Spirito oʻrtasidan topilgan[1].

Arxitekturasi

tahrir

Palazzo della Rovere hovlisi ostidan ikkita inshoot topilgan[1]. Arxeologlar ayvon bilan oʻralgan ochiq hovlili binoni oʻrgana boshlashdi[1]. Gʻishtlarida joylashgan ikki boʻlakli belgilar sababli binolar Julio-Claudian davriga tegishli deya hisoblanmoqda[1]. Birinchi tuzilma radiusi kirish qismi, zinapoyalar va devorlarga ega boʻlgan yarim doirasimon shaklda qurilgan boʻlib, shakli bois tomoshabinlar uchun moʻljallangan teatr oʻrindiqlari bilan bino tuzilishini aniqlanishi mumkin[1]. Binoning dekorativ apparatlar ioni orderi, yaʼni 3 ustunli kolonna qoldiqlaridan maʼlum boʻlishicha, oq rangli marmar bilan qoplangan hamda baʼzi oʻrindiqlarining ustki qismi oltin barg bilan qoplangan[1]. Ikkinchi bino esa birinchisiga perpendikulyar boʻlib, ikkilamchi funksiyalar, jumladan, maxsus buyumlar va kiyim-kechaklarni saqlash uchun xizmat qilgan[1].

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Edoardo Sassi. „Ritrovato a Roma il leggendario Teatro di Nerone“ (it) (2023-yil 26-iyul). Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.