Nerv regulyasiya
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nerv regulyasiya - nerv sistemasining hujayra, toʻqima, aʼzolarga ular faoliyatini organizm ehtiyoji hamda tashqi muhit oʻzgarishiga muvofiq holda uygʻunlashtiruvchi taʼsiri. Koʻp hujayrali organizmlar oʻz hayotiy jarayonlari (oʻsish, rivojlanish, tashqi omillardan taʼsirlanish va hokazo)da bir butunligini namoyon etadi. Buni bir nechta boshqaruvchi mexanizmlar, ayniqsa, qayvonlarda muhim ahamiyatga ega boʻlgan Nerv regulyasiya taʼminlaydi. Nerv regulyasiya natijasida hujayra, aʼzolar faoliya-ti toʻxtashi, kuchayishi, sekinlashishi. funksional va biokimyoviy holati. tuzilish xususiyatlari oʻzgarishi mumkin. Nerv sistemasi yoʻq koʻp hujayralilar (oʻsimlik, hayvon embrioni va bulutlar)da funksiyalar hujayralarning oʻzaro taʼsiri (ionli, metaboli-tik va boshqalar) orqali tartibga solinadi. Bir hujayra faoliyati boshqa hujay-rada hosil boʻlgan moddalar almashi-nuvi mahsuloti bilan boshqariladi (qarang Gumoral regulyasiya). Biron-bir hujayra membranasida vujudga kelgan qoʻzgʻalish baʼzan hujayradan hujayraga oʻtishi mumkin. Shu tariqa hayvonlarning evolyusiya jarayonida, asosan, 2 xil uygʻunlashtiruvchi mexanizm — Nerv regulyasiya va gormonal regulyasiya paydo boʻlgan. Shunga koʻra, 2 xil modda — gormonlar va me-diatorlar ajratiladi. Gormon butun organizmga qon bilan tarqalgani sababli gormonal regulyasiya keng doirada sekin, Nerv regulyasiya esa tor doirada tez amalga oshirilishi mumkin. Nerv regulyasiya tez tarqaluvchi nerv impulsi taʼsirida nerv uchida hujayralarga toʻgʻridan-toʻgʻri mediatorlar oʻtishi tufayli sodir boʻladi. Nerv regulyasiya bilan gormonal regulyasiya oʻrtasida kes-kin chegara yoʻq, chunki baʼzi nerv uchi aktiv moddalarni qonga ajratadi (qarang Neyrosekretsiya). Nerv regulyasiya tezligi va qanday doirada oʻtishi harakatni boshqarishda katta ahamiyatga ega, shuning uchun takomillashgan lokomotsiyali organizmlar nerv sistemasi yaxshi rivojlangan. Evolyusiya jarayonida Nerv regulyasiya yuqori darajada tuzilgan hayvonlarda yetakchi boshqarish mexanizmiga aylanib, faqat harakatlanishni emas, balki organizmning boshqa hamma siste-malarini ham qamrab olgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |