Nicholas Lawrence Bonino (talaffuzi: Nikolas Lourens Bonino) (1988-yil 20-aprelda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi. Nicholas Bonino hozirda Milliy xokkey ligasining (NHL) „San Jose Sharks“ xokkey jamoasining muqobil sardori hisoblanadi. Nicholas Bonino, shuningdek, „Anaheim Ducks“, „Vancouver Canucks“, „Pittsburgh Penguins“, „Nashville Predators“ va „Minnesota Wild“ kabi xokkey jamoalarida oʻynagan.

Nicholas Bonino
Bonino Pittsburgh Penguins klubida
Tugʻilgan joyi 20-aprel 1988-yil (1988-04-20) (36 yosh)
Hartford, Connecticut, AQSH
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 195 lb (88 kg; 13 st 13 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni chap qanot
NHL
Sobiq jamoalar
San Jose Sharks
Anaheim Ducks
Vancouver Canucks
Pittsburgh Penguins
Nashville Predators
Minnesota Wild
Milliy jamoa  AQSh
NHLga kirish drafti 173-oʻrindagi tanlov, 2007
San Jose Sharks
Jamoalardagi faoliyat 2010—hozirgacha

Oʻyin faoliyati

tahrir

Anaheim Ducks

tahrir

Nicholas Bonino „San Jose Sharks“ xokkey klubi safiga 2007-yilgi NHL kirish loyihasida 173-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Keyinchalik Nicholas Boninoning huquqlari 2009-yil 4-martda Travis Moen va Kent Huskins evaziga darvozabon Timo Pielmeier bilan „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga sotilgan edi. 2010-yil 21-martda Bonino 'Anaheim Ducks" xokkey klubi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[1]. Shundan soʻng, Nicholas Bonino jamoa safida harkat qila boshladi va 2010-yil 26-martda „Edmonton Oilers“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda NHLdagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. Nicholas Bonino NHLdagi birinchi golini „Anaheim Ducks“ xokkey klubining keyingi oʻyinida „Dallas Stars“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[2].

Vancouver Canucks

tahrir

2013—2014-yilgi mavsumdan soʻng Nicholas Bonino himoyachi Luca Sbisa bilan birgalikda „Vancouver Canucksxokkey klubi safiga qoʻshildi[3]. „Canucks“ klubi bilan birinchi mavsumida Bonino 75 ta oʻyinda maydonga tushib, 39 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi.

Pittsburgh Penguins

tahrir

2015-yilning 28-iyulida Bonino „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[4]. Boninoning 2016-yilgi Stanley kubogi pley-off bosqichidagi oʻyini „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubining Stanley kubogini qoʻlga kiritishida muhim omil boʻldi. Uning safdoshlari, Philip Kessel va Carl Hagelin bilan birga, trio HBK liniyasi laqabini oldi va pley-off paytida kuchli oʻyinlari bilan ajralib turdi. Nicholas Bonino „Pittsburgh Penguins“ xokkey jamoasining Stanley kubogi chempioni boʻlishida katta omil boʻldi[5].

Nashville Predators

tahrir

"Pittsburgh" klubidagi ikki mavsumning har birida Stanley kubogini qoʻlga kiritganidan soʻng, Nicholas Bonino toʻrt yilga 16,4 million dollarga shartnoma imzolash uchun erkin agent sifatida jamoani tark etdi. U 2017-yil 1-iyulda „Nashville Predators“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi[6].

Minnesota Wild

tahrir

2020-yil 7-oktabrda Nicholas Bonino „Minnesota Wild“ xokkey klubi safiga qoʻshilishga qaror qildi[7].

San Jose Sharks

tahrir

2021-yil 28-iyulda Bonino „San Jose Sharks“ xokkey klubi safiga erkin agent sifatida ikki yillik 4,1 million dollarlik shartnoma imzolash orqali qoʻshildi. Nicholas Bonino „San Jose Sharks“ xokkey klubi safidagi ilk golini oʻzining 700-oʻyinida kiritishga muvaffaq boʻldi[8].

Shaxsiy hayoti

tahrir

2014-yilda Bonino Boston universiteti ayollar xokkey jamoasining sobiq hujumchisi Lauren Cherewykga uylandi[9]. Er-xotinning 2016-yil 5-yanvarda tugʻilgan Maise ismli qizi bor[10].

Faoliyat statistikasi

tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari

tahrir
Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2003—2004 Farmington High School HS-CT 24 44 23 67 10
2004—2005 Farmington High School HS-CT 24 68 23 91 12
2005—2006 Avon Old Farms HS-Prep 26 26 30 56 10
2006—2007 Avon Old Farms HS-Prep 26 24 42 66 14
2007—2008 Boston universiteti HE 39 16 13 29 10
2008—2009 Boston universiteti HE 44 18 32 50 30
2009—2010 Boston universiteti HE 33 11 27 38 12
2009—2010 Anaheim Ducks NHL 9 1 1 2 6
2010—2011 Syracuse Crunch AHL 50 12 33 45 32
2010—2011 Anaheim Ducks NHL 26 0 0 0 4 4 0 0 0 2
2011—2012 Syracuse Crunch AHL 19 6 16 22 2
2011—2012 Anaheim Ducks NHL 50 5 13 18 8
2012—2013 HC Neumarkt-Egna ITA.2 19 26 26 52 14
2012—2013 Anaheim Ducks NHL 27 5 8 13 8 7 3 1 4 4
2013—2014 Anaheim Ducks NHL 77 22 27 49 22 13 4 4 8 8
2014—2015 Vancouver Canucks NHL 75 15 24 39 22 6 1 2 3 4
2015—2016 Pittsburgh Penguins NHL 63 9 20 29 31 24 4 14 18 12
2016—2017 Pittsburgh Penguins NHL 80 18 19 37 16 21 4 3 7 2
2017—2018 Nashville Predators NHL 71 12 13 25 20 13 2 3 5 9
2018—2019 Nashville Predators NHL 81 17 18 35 18 6 0 2 2 2
2019—2020 Nashville Predators NHL 67 18 17 35 16 4 1 0 1 2
2020—2021 Minnesota Wild NHL 55 10 16 26 26 7 0 0 0 0
2021—2022 San Jose Sharks NHL 80 16 10 26 18
NHL jami 761 148 186 334 215 105 19 29 48 45

Manbalar

tahrir
  1. „Ducks Sign Nick Bonino“. Anaheim Ducks (2010-yil 21-mart). Qaraldi: 2015-yil 4-fevral.
  2. Greg Beacham. „Nick Bonino scores 1st NHL goal, Corey Perry gets 2 points in Ducks' 3–1 win over Dallas“. Associated Press (2010-yil 29-mart). Qaraldi: 2010-yil 26-may.
  3. Canucks. „Canucks acquire Bonino, Sbisa & picks for Kesler“. Vancouver Canucks (2014-yil 27-iyun). Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  4. „Canucks acquire Sutter & 3rd rounder from Pens“. Vancouver Canucks. Qaraldi: 2015-yil 28-iyul.
  5. „Penguins cap turnaround season with 4th Stanley Cup“. news4sanantonio.com (2016-yil 12-iyun). Qaraldi: 2016-yil 12-iyun.
  6. „Predators sign Nick Bonino to four-year contract“. Nashville Predators (2017-yil 1-iyul). Qaraldi: 2017-yil 1-iyul.
  7. „Wild acquires Nick Bonino, two picks in the 2020 Entry Draft“. Minnesota Wild (2020-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
  8. „Sharks sign forward Nick Bonino“. Milliy xokkey ligasi (2021-yil 28-iyul). Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.
  9. „2 minutes for tying the knot“. Full Tilt Hockey (2014-yil 2-avgust). 2022-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-aprel.
  10. „From daughter's birth to Stanley Cup, Penguins' Bonino has enjoyed a whirlwind ride“. triblive.com (2016-yil 12-iyun). Qaraldi: 2016-yil 12-iyun.