Nicolás Maduro

2013-yildan beri Venesuela prezidenti

Nicolás Maduro Moros (ispancha: [nikoˈlaz maˈðuɾo ˈmoɾos]; 23-noyabr 1962) – Venesuela davlat va siyosat arbobi[2], 2013-yil 19-apreldan Venesuela Bolivar Respublikasining amaldagi prezidenti[3][4].

Nicolás Maduro
Venesuela Prezidenti
Mansab davri
19-aprel 2013-yildan – hozirgacha
Vitse-prezident Jorge Arreaza (2013–2016)
Aristóbulo Istúriz (2016–2017)
Tareck El Aissami (2017)
Delcy Rodríguez(2018–)
Oʻtmishdoshi Hugo Chávez
Vorisi Juan Guaidó
Qoʻshilmaslik harakati bosh kotibi
Mansab davri
17-sentyabr 2016-yildan
Oʻtmishdoshi Hasan Ruhoniy
UNASUR raisi
Mansab davri
23-aprel 2016-yildan – 21-aprel 2017-yilgacha
Oʻtmishdoshi Tabaré Vázquez
Vorisi Mauricio Macri
Venesuela vitse-prezidenti
Mansab davri
13-oktyabr 2012-yildan – 5-mart 2013-yilgacha
Prezident Hugo Chávez
Oʻtmishdoshi Elías Jaua
Vorisi Jorge Arreaza
Venesuela tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
9-avgust 2006-yildan – 15-yanvar 2013-yilgacha
Prezident Hugo Chávez
Oʻtmishdoshi Alí Rodríguez Araque
Vorisi Elías Jaua
Venesuela Parlamenti raisi
Mansab davri
5-yanvar 2005-yildan – 7-avgust 2006-yilgacha
Oʻtmishdoshi Francisco Ameliach
Vorisi Cilia Flores
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Nicolás Maduro Moros

23-noyabr 1962-yil (1962-11-23) (62 yosh)
Karakas
Turmush oʻrtogʻi Adriana Guerra Angulo
Cilia Flores
Bolalari Nicolás Maduro Guerra[1]
Imzosi

Hayoti

tahrir

Otasi va bobosi Pireney yarim orolidan kelgan yahudiylar edi[5][6]. Venesuelada katoliklikni qabul qilgan, onasi esa Venesuela bilan chegaradosh Kolumbiyaning Kukuta shahridan[7]. O'zining siyosiy faoliyatini avtobus haydovchisi bo'lib ishlaganda, 1970-1980-yillarda Karakas metrosi ishchilarining norasmiy kasaba uyushmasi a'zosi bo'lgan[8][9]. Saksoninchi yillarda Avali litseyini va Karakasning gʻarbidagi davlat oʻrta maktabini tamomlagan[10]. Beshinchi Respublika uchun Harakatning asoschilaridan biri hisoblangan (ispancha: Movimiento V Quinta República, MVR)[11], Ugo Chavesning ozod qilinishida va 1998-yildagi prezidentlik kampaniyasida muhim rol o'ynagan[12].

Maduro keyinchalik Beshinchi Respublika Harakatidan 1998-yilda Venesuela Deputatlar palatasiga, 1999-yilda Konstitutsiyaviy Assambleyaga, 2000-2005-yillarda Milliy Assambleyaga Venesuela Federal okrugi vakili etib saylandi[13]. Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan (hali ham yo‘q) bo‘lishiga qaramay, parlament spikeri etib saylangan[14]. 2006-yilning birinchi yarmigacha o'z lavozimida qoldi[15].

2006-yilning sentabrida Venesuelaning yangi tayinlangan tashqi ishlar vaziri diplomatik immunitetga ega bo'lgan Nikolas Maduro FQB tomonidan Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi xalqaro aeroportida uchta aviachiptani naqd pulda to'lagani uchun hibsga olingan edi[16]. Bu voqea Qo'shma Shtatlar va Venesuela o'rtasida diplomatik mojaroga sabab bo'ldi[17].

2012-yil 1-mayda Hugo Chaves tomonidan imzolangan Venesuelaning yangi Mehnat kodeksini ishlab chiqqan komissiyani boshqargan[18].

2012-yil 8-dekabrda Chavez sog‘lig‘i yomonlashgan va o‘z vakolatlarini amalga oshirish imkoni bo‘lmagan taqdirda Maduro navbatdagi umumxalq saylovlarigacha prezident vazifasini bajarishini ma’lum qildi[19]. Chavez, shuningdek, saylovchilar uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi[20]. Maduro Chavezning o'limini e'lon qilar ekan, "tashqi dushmanlar" tomonidan zaharlanganini aytdi va muxolifatni "fashistlar" deb atadi[21]. Chavez vafotidan so'ng, Venesuelada keyingi 30 kun ichida umumxalq prezidentlik saylovlari o'tkazilishi e'lon qilindi[22].

Manbalar

tahrir
  1. „Venezuelaʻs Chavez Says Cancer Back, Plans Surgery“. USA Today (27-avgust]] 2014). Qaraldi: 14-yanvar]] 2015.
  2. de Córdoba, José; Vyas, Kejal. „Venezuelaʻs Future in Balance“ (9-dekabr]] 2012). Qaraldi: 10-dekabr]] 2012.
  3. Scharfenberg, Ewald. „Volver a ser pobre en Venezuela“. El Pais (1-fevral]] 2015). Qaraldi: 3-fevral]] 2015.
  4. „Mr. Maduro in His Labyrinth“. The New York Times (26-yanvar]] 2015). Qaraldi: 26-yanvar]] 2015.
  5. "Nicolas Maduro sworn in as new Venezuelan president". BBC News. 19-aprel]] 2013. Retrieved 19-aprel]] 2013.
  6. Anders Aslund. „Venezuela Is Heading for a Soviet-Style Collapse“. Foreign Policy (2017-yil 2-may). Qaraldi: 28-may 2017-yil.
  7. Diaz-Struck, Emilia; Forero, Juan. „Venezuelan president Maduro given power to rule by decree“. The Washington Post (19-noyabr]] 2013). Qaraldi: 27-aprel]] 2015.
  8. „Venezuelaʻs government seizes electronic goods shops“. BBC. Qaraldi: 19-fevral]] 2014.
  9. „Venezuela: President Maduro granted power to govern by decree“. BBC News (16-mart]] 2015). Qaraldi: 27-aprel]] 2015.
  10. Brodzinsky, Sibylla. „Venezuela president declares economic emergency as inflation hits 141%“ (en-GB) (15-yanvar 2016). Qaraldi: 24-fevral]] 2016.
  11. Worely, Will. „Venezuela is going to shut down for a whole week because of an energy crisis“. The Independent (18-mart]] 2016). Qaraldi: 12-may]] 2016.
  12. Osmary Hernandez, Mariano Castillo and Deborah Bloom. „Venezuelan food crisis reflected in skipped meals and weight loss“. CNN (fevral]] 21, 2017). Qaraldi: 28-may 2017-yil.
  13. Loris Zanatta. „Cuando el barco se hunde“ [When the ship sinks] (Spanish). La Nación (-may]] 30, 2017). 2017-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2017-yil.
  14. „A 2016 Presidential Recall Seems Less and Less Likely“ (deadlink). Stratfor. 9-iyun]] 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2016.
  15. Lopez, Linette. „Why Venezuela is a nightmare right now“. Business Insider. Qaraldi: 23-iyun]] 2016.
  16. Washington, Richard. „ʻThe Maduro approachʻ to Venezuelan crisis deemed unsustainable by analysts“. CNBC (22-iyun]] 2016). Qaraldi: 23-iyun]] 2016.
  17. Radio Nacional de Venezuela: Canciller Nicolás Maduro fue retenido en aeropuerto de Nueva York (Wayback Machine saytida 2016-02-05 sanasida arxivlangan)
  18. Yapur, Nicolle. „Primera ofensiva económica trajo más inflación y escasez“ (24-aprel]] 2014). 24-aprel]] 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel]] 2014.
  19. „Decree powers widen Venezuelan presidentʻs economic war“. CNN (20-noyabr]] 2013). Qaraldi: 21-fevral]] 2014.
  20. „Maduro insiste con una nueva "ofensiva económica"“ (23-aprel]] 2014). 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-may]] 2014.
  21. „Maduro anuncia que el martes arranca nueva "ofensiva económica"“ (22-aprel]] 2014). Qaraldi: 23-aprel]] 2014.
  22. „Биография: Вице-президент Венесуэлы Николас Мадуро“. 2013-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-mart.