Niderland sanʼati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Niderland sanʼati - Nider landiya hududi (hozirgi Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg va qisman Fransiyaning shimoli-sharqi)da oʻrta asrlarda mavjud boʻlgan yagona badiiy maktab; 14-asrdan to Niderlandiya inqilobi gʻalabasi (16-asr) ga qadar boʻlgan davrda bu yerlarda Gʻarbiy Yevropa Oʻrta asrlar va Uygʻonish davri sanʼati shakllangan. Niderlandiya hududida Karolinglar davrida bazilika tipidagi cherkovlar, baʼzan markaziy kapellalar qurilgan, 11 —13-asrlarda roman uslubi rivojlangan. Dastlabki turar joy binolari paydo boʻlgan; qasr va bozor maydonlari atrofida aylana tarxli ratusha, gildiya uylari va ustaxonalari boʻlgan shaharlar qad koʻtardi, shaharning mi-norali devorlari, koʻpriklari mustah-kam qilib qurildi. Maas vodiysi meʼmorligida roman va gotika uslublari uygʻunlashgan. Shimoliy Niderlandiyada gʻishtli gotika keng tarqalgan, binolardagi hashamatli bezaklar binoning mahobatli shakliga boʻysundirilgan. Niderland sanʼatida haykaltaroshlik va rangtasvirda yutuklarga erishildi. 11-asrdan miniatyura (Stavlo "Injil"i, 1093—97), badiiy bronza buyumlar tayyorlash, zar-garlik sanʼati, 13—15-asrlarda gotika haykaltaroshligi ("Momo Havo", Lyejdagi Sen-Jan cherkovida), monumen-tal ("Xochga mixlash", Utrextdagi Sint-Piterskerk cherkovida) va dastgoxli (rassomlar J.Maluel, A. Bel-shoz, M.Bruderlam) rangtasvir rivojlangan; haykaltarosh K. de Verve, miniatyurachi rassomlardan aka-uka Limburglar mashhur boʻlgan. 15-asrdan Niderland sanʼati Shimoliy Yevropa sanʼatida yetakchi oʻrin tutdi, inson va tabiatga yangicha muno-sabatlar shakllandi, inson va tabiat orasidagi uygʻunlikni aks ettirish shu davrlarda yaratilgan asarlarga betak-ror ruh baxsh etdi. Jumladan, Ya. van Eyk asarlarida kundalik hayot rang-barangligi va koʻtarinki ruxi uz ifo-dasini topdi, rang va nur alohida plastik kuch va ifodalilik kashf etib, Yevropa rangtasvirining keyingi rivojida muhim rol oʻynadi, rassomning uzi Shimoliy Yevropa Uygonish davri sanʼati asoschisiga aylandi.
15—16-asrlar Niderlandiya Uygʻonish davrida altar kartinalari, portretlar, miniatyuralarda rassomlar (R.Kampen, Ya. van Eyk, Rogir van der Veyden, X.van der Gus, X.Bosx va boshqalar) dunyoviy hayotni haqqoniy aks ettir-dilar. 16-asr 2-yarmida dunyoviy rangtas-virning portret (A.Mor, D.Yakobus), manzara (I.Patinir), maishiy janr (Luka Leydenskiy, P.Breygel Katta) turlari taraqqiy etdi. Niderland sanʼati amaliy be-zak sanʼatida mujassamoti kup shaklli shpalerlar ishlab chiqarish, zargarlik sanʼati, sopol buyumlar tayyorlash, kashtachilik, 16-asrdan badiiy tur tuqish kj-sak darajaga koʻtarildi.
Niderlandiya burjua inqilobi gʻalabasidan sung Niderland sanʼati ikki mustaqil — Gollandiya va Flamand maktablariga ajraldi va oʻziga xos tarzda rivojlan-di va talqin qilindi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |