Niels Henrik Abel
Niels Henrik Abel (talaffuzi: Nils Henrik Abel; 1802-yil 5-avgust — 1829-yil 6-aprel) — norvegiyalik matematik, turli sohalarga yirik hissa qoʻshgan[1]. Eng muhim hissalaridan biri, radikallarda umumiy kvintik tenglamani yechish mumkin emasligini koʻrsatuvchi birinchi toʻliq dalilni ishlab chiqqan. Bu yashagan davrdagi eng muhim yechilmagan masalalardan biri boʻlib, 250 yildan ortiq vaqt davomida yechimsiz qolib kelayotgan boʻlgan[2]. Abel, shuningdek, elliptik funktsiyalar sohasida yangiliklarni kiritgan, Abel funksiyalarini kashf etgan[3] . Olim qashshoqlikda yashayotganida ilmiy kashfiyotlarni qilgan. 26 yoshida sil kasalligidan vafot etgan.
Niels Henrik Abel | |
---|---|
Tavalludi |
5-avgust 1802-yil Nedstrand, Daniya-Norvegiya ittifoqi |
Vafoti |
6-aprel 1829-yil (26 yoshda) Froland, Norvegiya |
Fuqaroligi | Norveg |
Sohasi | Matematika |
Akademik rahbarlari | Bernt Michael Holmboe |
Mashhur ishlari |
Radikal (matematika) Abel funksiyasi Abel tengsizligi Abel teoremasi |
Oslo va Gjerstadda Abelga haykallar oʻrnatilgan. Abel portreti Norvegiyaning 500 kronlik banknotasiga joylashtirilgan (1978). 2002-yilda Abelning 200 yilligi sharafiga Norvegiya hukumati matematika boʻyicha Abel mukofotini taʼsis etgan. Oydagi Abel krateri uning sharafiga nomlangan.
-
„Abelmonumentet“ Qirollik saroyi oldida
-
Osloda (Xristianiya) Gustav Vigeland tomonidan „Abelmonumentet“ deb nomlangan Niels Henrik Abel haykali.
-
Niels Henrik Abel haykali Gjerstadda
-
Frolands verkda Gustav Lærum tomonidan Abel uchun yodgorlik
Manbalar
tahrir- ↑ Ore, Øystein (2018-04-18). „Niels Henrik Abel“. Store Norske Leksikon (norveg).
- ↑ „Niels Henrik Abel“. Qaraldi: 2022-yil 3-may.
- ↑ „Niels Henrik Abel“ (no). www.matematikk.org. Qaraldi: 2018-yil 5-may.