Nigeriya
Nigeriya (inglizcha: Nigeria), Nigeriya Federativ Respublikasi (inglizcha: Federal Republic of Nigeria) — Gʻarbiy Afrikada Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan davlat. Maydoni 923,8 ming km². Aholisi 129,93 mln. kishi (2002). Poytaxti — Abuja shahri Maʼmuriy jihatdan 36 shtat (state) va poytaxt okrugiga boʻlinadi.
Nigeriya Federativ Respublikasi | |
---|---|
Shior: Unity and Faith, Peace and Progress | |
Madhiya: Arise O Compatriots, Nigeria's Call Obey | |
Poytaxt | Abuja |
Rasmiy til(lar) | Ingliz tili |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Muhammadu Buhari | |
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan) | |
• Sana |
1-oktabr 1960 |
Maydon | |
• Butun |
923,768 km2 (32-oʻrin) |
• Suv (%) |
1.4 |
Aholi | |
• 2016-yilgi roʻyxat |
185,989,640 (7-oʻrin) |
• Zichlik | 197/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$132,900 mil. (55-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$1,032 |
Pul birligi | Naira (NGN) |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
• Yoz (DST) |
UTC+1 |
Qisqartma | NI |
Telefon prefiksi | 234 |
Internet domeni | .ng |
|
Davlat tuzumi
tahrirNigeriya — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1999-yil 29-mayda qabul qilinga Nigeriya Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka aʼzo. Davlat boshligʻi prezident (1999-yildan Olusegun Obasanjo). U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi va yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (ikki palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.bilmiman
Tabiati
tahrirSohili kam parchalangan kambar pasttekislikdan iborat. Yer yuzasi shim.ga tomon balandlashib bo-radi. Yoruba, Ud i, Jos platolari (eng baland joyi 1735 m) bor. Platolardan janubida Niger va Benue daryo vodiylari joylashgan. Sharqiy qismining relyefi togʻlik, ayrim choʻqqilarining balandligi 2000 m dan ortiq. Nigeriya hududi tektonik jihatdan Afrika platformasi tarkibiga kiradi. Zaminining metamorfik jinslari mamlakat maydonining 50% ni tashkil etgan. Ular tarkibida to-kembriy gneyslari, magmatit, amfibolit, kvarsit va slanetslar uchraydi. Sohil yaqinidagi botiqlar dengiz va kontinent choʻkindilari bilan toʻlgan.
Nigeriyaning Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Toshkoʻmir, lignit va qoʻngʻir ko'mir, niobiy (kolumbit), kalay, volfram, molibden, temir, boksit, marganets, asbest, qoʻrgʻoshin, rux va uran rudasi konlari topilgan. Mamlakatning shimoli-gʻarbida oltin konlari ham bor.
Iqlimi ekvatorial mussonli iqlim. Shimolida dekabrdan martgacha quruq shamollar esib turadi. Bahorda deyarli hamma joyda yomgʻir yogʻadi. Yillik yogʻin 500– 4000 mm. Ichki mintaqalarda eng issiq oy (aprel yoki may)ning oʻrtacha temperaturasi 25— 33°, eng salqin oy (dekabr yoki yanvar)niki 20—27°. Yirikdaryolari: Niger va uning irmoqlari hamda Komadugu-Yobe. Ni-gerda kema qatnaydi. Chad koʻliga quyiladigan daryolari qurgʻoqchil mavsumda juda sayozlanib qoladi. Tuproklari qizil-sariq, laterit, qizil laterit, qizil-qoʻngʻir, qora tusli va allyuvial tuproklar. Oʻsimliklarining aksari tropik oʻrmon va savannalardan iborat. Sohili kambar mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Daraxtlarni koʻplab qirqish natijasida tabiiy Urmonlar, asosan, qoʻriqxonalarda saqlanib qolgan. Hayvonot dunyosi boy: fil, karkidon, krp-lon, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk, kiyik, jirafa va boshqa yashaydi.
Ahrlisi. N.da turli tillarda so'zlashuvchi 200 ga yaqin xalq bor. Gvineya tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — yoruba, igbo, ijo va nupelar koʻpchilikni tashkil etadi. N.da xausa tilida soʻzlashuvchi xalqlar anchagina. Kanuri, fulbe xalqlari ham yashaydi. Sharqiy bantoid tillarida soʻzlashuvchi xalqlardan ibibio va tivlar bor. Shahar aholisi — 35,2%. Aholisining yarmiga yaqini islom diniga, qolgan qismi xristian va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tillari — ingliz va fransuz tili. Yirik sha-harlari: Lagos, Ibadan, Ogbomosho, Kano, Ivo, Kaduna, Port-Harkort, Ilorin, Za-riya, Onicha va boshqa
Tarixi
tahrirHozirgi N. xududida dastlabki aholi manzilgohlari paleolit davrida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 4—3-ming yillikdayoq bu joylarda silliklangan va sayqallangan tosh boltalar va sopol idishlar yasalgani maʼlum. 1-mingyillikda moddiy madaniyat nisbatan yuqori darajada boʻlgan. Milodiy 8—10-asrlarda N. hududida xausa xalqining shahar-davlatlari (Kano, Katsina, Zariya va boshqalar) vujudga kelgan. Benin qirolligi oʻsha davrdagi eng yirik davlatlardan biri boʻlgan. 13-asrda hozirgi N. hududiga fulbe qabilalari kelib, ular tezda xausalar bilan aralashib ketgan.
N. hududiga yevropaliklardan dastlab portugallar kelgan (1472). 1553-yilda N. soxdllariga dengiz tarafdan inglizlar kirib bordi. Yevropalik mustamlakachilar "qora tanlilarni ov qilib", N. xa-lklarining tabiiy taraqqiyot jarayonini susaytirdi. 1849-yil Beninda ingliz konsulligi paydo bo'ldi. 1861-yilda inglizlar Lagosni egalladilar. 1870-yillar oxirida mustamlakachilar Niger daryosi havzasida katta hududga o'rnashib oldilar. 1885-yilda "Oyl-rivers protektorati" (1893-yildan Niger sohili protektorati*) tuzildi. 1906-yilda uning tarkibiga Lagos ham qushib olindi, shundan soʻng "Jan. Nigeriya mustamla-kasi va protektorati" deb atala boshladi. 1914-yil 1-yanvardan hozirgi N. hududi "Nigeriya mustamlakasi va protektorati" nomini oldi. 20-asr boshidan inglizlar N.dan arzon mineral va qishloq xoʻjaligi xom ashyolari manbai sifatida foydalana boshladilar. Mustamlakachi maʼmurlarning jabr-zulmi va bedodligiga qarshi tez-tez gʻalayonlar boʻlib turdi.
Birinchi jahon urushi (1914—18) dan soʻng N.da dastlabki ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar paydo boʻla boshladi. 1920-yilda Gʻarbiy Afrika Milliy kongressining Nigeriya boʻlimi tashkil etildi. 1922-yilda N.da birinchi siyosiy partiya — Milliy demokratik partiya tuzildi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshida yangi ommaviy tashkilotlar vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushi davri (1939—45) da chetdan tovar keltirish keskin kamaydi, natijada mahalliy sanoatning oʻsishiga sharoit tugʻildi. Teri oshlash, ip-gazlama toʻqish, meva va sabzavotni qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. Mahalliy tadbirkorlar N.ga oʻz ichki ishlarini oʻzi boshqarish huquqi va siyosiy mustaqillik berilishini talab qila boshladi. 1944-yil avgustda dastlabki Umumnigeriya siyosiy partiyasi — Nigeriya va Kamerun Milliy kengashi (1962-yildan Nigeriya fuqarolari Milliy kengashi) tuzildi. 1940-yillar boshida N.da kasaba uyushmalari vujudga kela boshladi. 1945-yilda hali yaxshi uyushmagan ishchilarning birinchi ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1950—51 yillarda yana yangi partiyalar tuzildi. 1958-yil oktabrda Londonda boʻlgan konstitutsion konferensiyada N.ning barcha joylaridan kelgan vakillar N.ga mustaqillik berishni Buyuk Britaniyadan talab qildilar. 1960-yil N.ga Britaniya Hamdoʻstligi tarkibida mustaqillik berildi. Shu yili N. BMTga qabul qilindi. 1963-yil 1-oktabrdan N. federativ respublika deb eʼlon qilindi.
1964-yil 30-dekabrda federal parlamentga saylov oʻtkazilib, yangi hukumat tuzildi. Ammo hukumat aholining turmush darajasini oshirish haqidagi vaʼdalarini bajarmay, milliy manfaatlarga zid siyosat yuritganligi ilgʻor kuchlarning norozilik kayfiyatini qoʻzgʻatdi. 1966-yil 15-yanvarda harbiy toʻntarish boʻlib, federal harbiy hukumat tuzildi. 1966-yil 29-iyulda yana harbiy toʻntarish boʻldi. Yangi hukumat federativ idora usulini darhol tikladi. Ammo, shundan keyin ham ketma-ket harbiy toʻntarishlar sodir boʻlib, mamlakatning ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Nihoyat, 1999-yil 20-fevral kuni parlament saylovi va oʻsha yil 27-fevralda prezident saylovi boʻldi. Harbiylar hokimiyatni yangi saylangan prezident Olusegun Obasanjoga topshirdilar.
Milliy bayrami — 1-oktabr — Mustaqillik kuni (1960). N. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 11-martda tan oldi va oʻsha yil 28-avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi.
Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari
tahrirDemokratiya uchun ittifoq partiyasi, 1998-yilda tashkil etilgan; Umumxalq partiyasi, 1998-yilda tuzilgan; Xalq de-mokratik partiyasi, 1998-yilda asos so-lingan. N. mehnat kongressi, mamlakatning yagona markaziy kasaba uyushma tashkil oti, 42 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtirgan, 1978-yilda tuzilgan.
Xoʻjaligi va iqtisodiyoti
tahrirN. — yirik sanoat salohiyatiga ega boʻlgan afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulot va tashki savdo qajmi jihatidan Afrikada 2-oʻrinda (JARdan keyin) turadi. Yalpi ichki mahsulotning yarmi sanoatda, taxminan 30% qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohasida ishlab chikariladi. N. dunyoda neft eksport qiluvchi 10 ta yirik mamlakat jumlasiga kiradi, neft qazib olish sohasida Afrikada birinchi oʻrinni egallaydi.
Qishloq xoʻjaligi —mamlakat iqtisodiyotining asosi, iqtisodiy faol aholi yarmidan koʻprogʻining tirikchilik manbai. Eng ommaviy deh-qonchilik shakli jamoa dehqonchiligidir. Mamlakatdagi 8 mln.ga yaqin fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 90% ni beradi. Haydaladigan yerlarning anchagina qismida oziq-ovqat ekinlari, asosan, ildizmevali va donli ekinlar yetishtiriladi. Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, shakarqamish, sabzavot va hoʻl mevalar muhim oʻrin oladi. Eksport uchun moyli palma, kakao, yer yongʻoq, kauchukli oʻsimlik, paxta yetishtiriladi.
Chorvachilik, asosan, shimolida va quruq savannalar mintaqasida rivojlangan. Qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Shimolida yilqichilik, janubida choʻchqachilik va hamma mintaqalarda parran-dachilik bilan shugʻullaniladi. Daryolarda, Chad koʻli va Gvineya qoʻltigʻi suvlarida qimmatbaho baliq turlari koʻp bulsada, baliq ovlash unchalik rivojlanmagan. Baliqchilik mahsulotlari mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondira olmaydi. Oʻrmon xoʻjaligidagi asosiy yogʻoch zaxiralari Niger daryosi etaklarida va janubi-sharqiy dengiz so-hilida joylashgan.Daraxtzorlar 23 ming km² ni tashkil etadi. Oʻrmonlar tartibsiz kesilishi natijasida qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar kamayib ketdi. Mamlakatda oʻrmon xoʻjaligini tiklash tadbirlari ishlab chiqildi, yogʻoch eksport qilish taqiklandi.
Sanoatida konchilikasosiy oʻrinni egallaydi. Neft va tabiiy gaz, shuningdek, qalay va niobiy rudalari, toshkumir, temir rudasi va boshqa baʼzi turdagi foydali kazilmalar — N. konchilik sanoatining asosiy xom ashyo negizi. Ozroq miqdorda volfram, tantal, toriy, sirkon, uran, oltin, polimetall rudalar va boshqalarlar ham qazib olinadi. Xilma-xil nometall kazilmalar orasida ohaktosh, kaolin, qurilishbop qum, shagʻal bor. Mahalliy temir ruda, toshkoʻmir, ohaktosh va utga chidamli gilmoya negizida metallurgiyani rivojlantirishga kirishildi. Jumladan, 2000-yil oxirida Ajaokutda Tropik Afrikadagi eng yirik metallurgiya kombinatining birinchi navbati qurib bitikazildi. Neftni qayta ishlash zavodlari, "Pejo", "Folksvagen", "Fiat" va boshqa avtomobil zavodlarining yigʻuv liniyalari bor. Yiliga 9—10 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Niger daryosi buyidagi Kainji va Jebba GESlari, mamlakat janubidagi yirik shaharlarda joylashgan issiklik elektr markazlari elektr energetikaning asosini tashkil qiladi.
Nigeriya sanoati tuzilmasida oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari yetakchi rol oʻynaydi. N.da 95 ta toʻqimachilik fabrikasi, oziq-ovqat korxonalari bor. Ob-juvoz zavodlarida palma, yer yongʻoq va chigit yogʻi ishlab chiqariladi. Tamaki, meva-konserva, goʻsht-sut, qand-shakar ishlab chiqarish korxonalari, tegirmonlar mavjud. Yogʻochsozlik sanoati Sapeldagi yirik yogʻoch tilish, faner ishlab chiqarish kombinatidan, Epadagi kombinat va boshqa 400 mayda yogʻoch tilish korxonalaridan iborat. N.ning yirik shaharlarida mebel fabrikalari, gugurt va sellyuloza-qogʻoz korxonalari barpo etildi. Mamlakat janubidagi Nkala-gu, Port-Harkort, Abeokut, Kalabar, Emen shaharlarida sement, asbestsement taxtalar va quvurlar ishlab chiqarish zavodlari joylashgan. Lagos mashinasozlik va metall ishlash tarmoklarining yirik markazidir. Xalq hunarmandchiligi rivojlangan.
Transporti
tahrirAvtomobil va temir yoʻl transporti yetakchi oʻrinda. Tashiladigan yuklarning 80% dan koʻprogʻi ularning hissasiga toʻgʻri keladi. Transport yoʻlilar uz. — 3,5 ming km, avtomobil yoʻllari — 124 ming km. Gʻarbiy (Lagos—Kano) va Sharqiy (Port-Harkort—Kaduna) temir yoʻl magistrallari dengiz sohilini mamlakatning ichkari tumanlari bilan tutashtiradi. Neft quvurlari uz. — 3000 km. Asosiy suv yoʻli — Niger daryosi va uning irmoqlari boʻlib, ularda de-yarli yil boʻyi kemalar qatnaydi. Ichki suv yoʻllarining uz. — 7,4 ming km. Asosiy dengiz portlari: Lagos (Apapa va TinKan-Aylende), Port-Harkort, Bonni, Forkados, Burutu, Varri. Havo transporti Ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshladi. Lagos, Kano va Ilorinda xalqaro aeroportlar bor.
Tashqi savdosi
tahrirChetga, asosan, neft, kakao, kauchuk, palma yongʻogʻi magʻzi, xom teri chiqariladi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, isteʼmol mollari, oziq-ovqat va boshqa keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Braziliya. Pul birligi — nayra.
Tibbiy xizmati
tahrirDavlatga qarashli tibbiy muassasalar bilan birga aralash va xususiy shifoxonalar ham bor. Federal sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakat mikyosida ommaviy profilaktika tad-birlarini oʻtkazish, mutaxassislar tayyorlash, tibbiyotdagi huquqiy qonunqoidalarga rioya etilishi uchun masʼul. Davolash va kasalliklarning oldini olish muassasalariga shtatlarning sogʻliqni saqlash vazirliklari bevosita rahbarlik qiladi. Vrachlar Ibadan, Lagos, Ife, Enugu, Beninsiti, Zariyadagi tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Tibbiy hamshiralar, doyalar, tish vrachlari va texniklari tayyorlanadigan oʻnlab maktablar bor. Lagos, Kadun, Ibadan, Uzuakoli shlarida tibbiyot ilmiy tadqiqot markazlari mavjud. Lagosda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining bezgakka qarshi kurash xalqaro markazi ishlaydi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
tahrirN. mustaqillikka erishganidan keyin maorifni rivojlantirishga eʼtibor berila boshladi. Katta yoshdagi aholi savodsizligini tugatish maqsadida qisqa muddatlikurslar ochildi. 1976-yilda 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy 6 yillik boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Oʻqish mahalliy va ingliz tillarida olib boriladi. Oʻrta maʼlumot 5 yillik. Xususiy oʻrta maktablar ham bor. 2—5 yillik hunar-texnika maktablarida malakali ishchilar, 4 yillik politexnikum va texnologiya kollejlarida esa oʻrta texnik xodimlar tayyorlanadi. 29 universitet bor. Zariya, Lagos, Ibadan, Ife, Nsuk-ka universitetlari eng yirik oliy oʻquv yurtlari hisoblanadi. Oʻqish — bepul. Koʻpgina universitetlarning sirtqi boʻlimlari bor. N. pedagogika tadqiqotlari kengashi, untlarning pedagogika fakultetlari, institutlari va tadqiqot markazlari, oshirilgan darajadagi baʼzi pedagogika kollejlari maorif va pedagogika fanlari sohasida ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi.
Ilmiy muassasalari: Lagosdagi N. fanlar akademiyasi (1977-yilda tashkil etilgan), Tibbiyot ilmiy tadqiqot kengashi (1974), Milliy okeanografiya va dengiz tadqiqotlari instituti (1975), Ibadandagi N. ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar instituti (1950), Federal oʻrmonchilik markazi (1954), Tropik oʻsimliklar baynalmilal instituti (1975), Oshodidagi Federal sanoat tadqiqotlari instituti (1955), Beninsitidagi palma yogʻi instituti (1939), Moordagi Federal qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari markazi (1910), Vomdagi Federal veterinariya markazi (1924), Samarudagi qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari instituti (1924) va boshqa
Yirik kutubxonalari: Ibadan, Lagos universitetlarining kutubxonalari, Ife, Lagos, Beninsiti, Jos, Ilorin va boshqa shaharlardagi kutubxonalar, N. Milliy kutubxonasi.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. N. matbuoti — Tropik Afrikadagi dastlabki va eng rivojlangan matbuot. Ingliz va mahalliy tillarda 20 dan koʻproq gaz. va 10 haf-tanoma nashr etiladi.Koʻp nusxada chiqadigan eng nufuzli gaz.lar: "Gardian" ("Posbon", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1982-yildan), "Deyli sketch" ("Kundalik bayon" ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1964-yildan), "Deyli tayme" ("Kunduzgi vaqt", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1925-yildan), "Iroxin yoruba ("Yoruba xalqi yangiliklari", yoruba tilida chiqadigan gaz., 1945-yildan), "Nayjirian observer" ("Nigeriya kuzatuvchisi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1968-yildan), "Nayjirian tribyun" ("Nigeriya minbari", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1949-yildan), "Neshnl konkord" ("Milliy totuvlik", kundalikgaz., 1980-yildan), "Nyu nayjirian" ("Yangi nigeriyalik", ingliz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1965-yildan). N. axborot agentligi (NAN), hukumat axborot agentligi, 1978-yilda tashkil etilgan. Hukumatga qarashli N. federal radiokorporatsiyasi 1978-yilda tuzilgan. N. telekoʻrsatuv xizmatiga 1976-yilda hukumat tomonidan asos solingan. 8 shtatda shtat hukumatlari qaramogʻidagi radio va telemarkazlar bor.
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyoti bilan uzviy bogʻlangan. Yoruba, ibo, xausa tillarida adabiy anʼanalar vujudga kelgan. Zamonaviy N. adiblarining koʻpchiligi ingliz tilida yozadi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida publitsistika shakllandi. 20-asr 20—40-yillarida va-tanparvarlik sheʼriyati (N. Azikiyove, D. Osadebey) yuzaga keldi. 30-yillarga kelib, dramaturgiya paydo boʻldi va xristian cherkovlari faoliyati bilan bogʻlangan bibliya mavzuida pyesalar yaratildi. 30—40-yillarda N.ning baʼzi shaharlari (Onicha)da kitob bozorlari paydo boʻldi. S. Ekvenzining ijtimoiy muammolarga bagʻishlangan "Shahar odamlari" (1954) romani va A. Tutuolaning yoruba folklori motivlari asosidagi "Mayxoʻr" (1952), "Ruhlar oʻrmonidagi hayotim" kabi asarlari N. prozasida yangi bosqich boʻldi. T. Alukoning "Qarindoshlar" (1968) romanida insonparvarlik gʻoyalari oʻz aksini topdi. O. Egbunaning "Uylanish masalasi" romanida zamonaviy axloqning anʼanaviy urf-odatlar bilan toʻqnashuvi muammosi koʻtarilgan. Yosh adiblardan Ch. Achebening "Yemirish vaqti keldi", "Notinch hayot", "Xudoning oʻqyoyi" asarlari N. prozasining rivojlanish yoʻlini koʻp jihatdan belgilab berdi. 70—80-yillardagi dramaturgiya va sheʼriyat ijtimoiy mazmun bilan boyidi, ularda yangi zamon nishonalari oʻz aksini topa boshladi (V. Shoyinkaning "Idanre" poemasi, "Oʻrmon raqsi", "Yoʻl" pyesalari, K. Okigboning "Osmon darvozasi", "Labirintlar" sheʼriy kitoblari va boshqalar). 90-yillarda yangi isteʼdodli qalam sohiblari adabiyotga ki-rib keldi. "Blek Orfyu" va "Okike" kabi adabiy jurnallar nashr qilinadi.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
tahrirXalq meʼmorligi tabiiy iqlim sharoitiga moslashgan. Jan., janubi-sharq, janubi-gʻarbdagi tropik oʻrmonlarda uylar toʻgʻri toʻrtburchakli shaklda yogʻoch, loy, toʻqima novdadan quriladi, tomi ikki nishabli qilib, poxol va palma barglari bilan yopiladi. Markaziy N.da binolar aylana shaklida devori loydan, tomi poxol, shox-shabbadan konus shaklida ishlanadi. Savanna va chala choʻllarda uylar loydan toʻgʻri burchakli qilib, tomi yassi qilib quriladi. 13— 15-asrlarda shaharlar reja asosida qurildi. 14-asrda shimolida islom dini tarqalgach, masjidlar barggo qilindi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa meʼmorligining taʼsiri kuchaydi. Binolar haykal, naqshlar bilan koʻproq bezatiladi. N. mustaqillikka erishgach, beton va metalldan qurilgan imoratlar quyosh toʻsqichli, peshayvonli va pan-jarali qilib milliy uslubda qurila boshladi (Ibadan universiteti binolari, Kadunadagi Oliy sud binosi va boshqalar). Mu-handis va meʼmorlar Yevropada, shuningdek, Lagosdagi texnologiya kollejining, Nsukka va Zariya universitetlarining meʼmorlik fakultetlarida tayyorlanadi.
N. shimolida topilgan Nok madaniyati mahsuli boʻlgan goʻzal haykaltaroshlik va oʻymakorlik asarlari miloddan avvalgi 1-ming yillikka mansub deb hisoblanadi. Mil. boshlarida Ife va Benin sanʼatining ilk namunalari — sopol va bronza haykallar ishlangani maʼlum. N. xalqlari yogʻochdan sanamlar, ajdodlar, cha-vandozlar, bolali ayollar haykalchalarini qadimdan yasab kelganlar. N.da yangi tasviriy sanʼatni rivojlantirishda A. Onabolu, O. Idax, F. Idexen, F. Idubor, B. Envonvu kabi haykalta-rosh va rassomlar salmoqli xizmat qildi, ularning asarlarida mahalliy anʼanalar davom ettirilgani va zamonaviy Yevropa sanʼati yutuqlari ijo-diy oʻzlashtirilgani koʻzga tashlanadi. Rassomlar orasida D. Nvoko, Yu. Gril-lo, J. Akolo, A. Ekong, A. Lasekan va boshqa shuhrat qozongan.
Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Yaxlit yogʻochdan odam va hayvon qiyofasi tasvirlangan, goʻzal naqsh solinib, manzaralar oʻyib ishlangan roʻzgʻor anjomlari, gʻaroyib shakldagi sopol, shisha va charm idishlar, zargarlik buyumlari tayyorlanadi. Bida oynasozlari naqshli idishlar, Kano zargarlari oltin va kumush bezaklar, naqshli bilaguzuklar yasaydilar. Benin-Sitida bronza quymalar va fil suyagi oʻymakorligi anʼanalari sak^panib qolgan. Niqob (marosimlarda, karnavallarda taqiladi), oʻyma naqshli kursilar tayyorlash, matolar toʻqish, kashtachilik, naqqoshlik sanʼati rivoj topgan. Novda, poxol va qamishdan savat hamda bordon toʻqish, yogʻochdan yelpigʻich, qovoq poʻstlogʻidan turli guldor idish va qoshiqlar yasash keng tarqalgan.
Musiqasi
tahrirN. musiqiy madaniyatining xilma-xilligi bu yerdagi xalq anʼanalarining xususiyatlari bilan bogʻliq. Professonal musiqa sanʼati oʻrta asrlarda tarkib topgan. Qabila kek-salari rahbarligida yoshlar marosim raqslari va qoʻshiqlarini, sozandalik sirlarini oʻrganar edi. Arab sayyohlarining guvoxlik berishicha, oʻrta asr hukmdorlari saroylarida sozanda, xonanda va raqqosalarni saqlaganlar.
19-asrda mustamlakachilik siyosati va xristian daʼvatkorlarining faoliya-ti oqibatida bir qancha mahalliy dinlar bilan birga diniy musiqa ham yoʻq boʻlib ketdi. Yevropa musiqasining taʼsiri kuchaydi. N. cholgʻu asboblari orasida baraban eng koʻp tarqalganidir. Yelkaga osiladigan naqsh va haykalchalar bilan bezatilgan bir membranali, qoʻltiq ostiga osiladigan ikki membranali barabanlar, ngedegvu deb ataladigan chang mavjud. Arablar orqali nay, qoʻshnay, doyra, ud, sitra, algant kabi cholgʻu asboblari kirib kelgan.
Mustaqillikka erishilganidan soʻng professional musiqa madaniyati rivojlandi. N.da oʻziga xos kompozitorlar maktabi vujudga keldi. A. Yuba, F. Sovande, S. Akpabot, A. Bankole, A. Fiberezima va boshqa kompozitorlar mashhur. Folklor anʼanalaridagi spektakllarda xalq qoʻshiklari va musiqasi yangraydi. Yubaning "Oʻrmon parilari", "Abiku" va "Alatangana" raqs dramalari bunga misol boʻla oladi. T. Oyelana "Adufe", "Qondagi sexr" spektakllariga musiqa yozdi. N.ning dastlabki operasi — "Orukoro" Fiberezima qalamiga mansub.
Teatri
tahrirN.da yashovchi xalqpar anʼanaviy teatr tomoshalarining asosini maishiy va marosim raqslari tashkil etadi. Qishloqlardagi bayram va tan-tanali ayyomlarda milliy libos va niqob kiyib yurishgan, afsonaviy mazmundagi oʻyinlar oʻtkazib kelingan. Ularda tabiat kuchlarini ifodalovchi ilohlar, ajdodlarning arvohlari, afsona qahramonlari ishtirok etgan. 19-asr oʻrtalarida shu asosda zamonaviy teatr shakllana boshladi. Yoruba teat-rining asoschilaridan biri, shoir va qoʻshiqchi Xubert Ogunde 1944—45 yillarda sayyor teatr jamosini tashkil etib, uning uchun nasihat va targʻibot ruhidagi pyesalarini yozdi. Mustaqillik yillarida bu truppa professional sayyor jamoaga aylandi. Dramaturg va rejissyor Duro Ladipning 60-yillarda tuzgan teatr truppasi keyinchalik "Milliy teatr" nomini oldi. Havaskorlik drama teatrlarida esa Yevropa drama-turgiyasi va sahna texnikasidan foy-dalanila boshladi. Bir qancha shtatlarda yangi jamoalar tuzilgan.
== Kinosi ==
1945—47 yillarda bir necha hujjatli lentalar suratga olindi. 1960-yillar boshida rejissyor Sh. Olushola televideniye uchun bir qancha adabiy asarlarni va teatr spektakllarini ekranlashtirdi. Shundan keyin yaratilgan hujjatli filmlarning ayrimlari Toshkentdagi xalqaro festivallarda namoyish etidsi. Birinchi toʻla metrajli filmi "Ikki kishi va echki" (1966) dir. "Shaxu Garbay" (1971), "Ikki taqdir" (1972), "Loray bobo" (1973), "Ovu-Arusun" (1974), "Qora maʼbuda" (1977), "Aye" (1979), "Pul hukmronligi" (1981), "Ozodlik uchun" (1981) va boshqa badiiy filmlar yaratildi. Mamlakatda 200 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga 6—8 badiiy film ishlab chiqariladi.[1]
Nigeriya (Nigeriya Federativ Respublikasi) poytaxti — Abuja shahri. BMT aʼzosi
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |