Nikita Rijov
Nikita Semyonovich Rijov (1907-yil 26-may, Kaluga viloyati, Filippkovo qishlogʻi – 1996-yil 12-aprel, Moskva shahri) – sovet davlat arbobi, diplomat.
Nikita Semyonovich Rijov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
26-may 1907-yil Kalagu viloyati |
Vafoti |
12-aprel 1996-yil (88 yoshda) Moskva shahri |
Taʼlim |
Moskva toʻqimachilik instituti Butunittifoq sanoat akademiyasi |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirNikita Semyonovich Rijov 1907-yil 26-mayda Kaluga viloyatining Filippkovo qishlogʻida tugilgan[1].
Moskva toʻqimachilik institutini (1932) hamda Moskva sanoat akademiyasining uchta kursini tamomlagan (1940).
1924–1929 – Toʻquv fabrikasida toʻquvchi, usta yordamchisi, usta, ishlab chiqarish boʻyicha boshliq oʻrinbosari.
1929–1932-yillar – Moskva toʻqimaSSSR Yengil sanoat xalq komissarligining Butunittifoq yordamchi hunarmandlar maktabi direktorining oʻrinbosari.
1934–1935-yillar – Turkstroy tresti (Moskva) uskunalarini qabul qilish boʻyicha vakolatli shaxs.
1935–1936-yillar – Turkstroy trestining toʻqimachilik kombinati bosh muhandisi oʻrinbosari.
1936–1937-yillar – Turkstroy trestidagi Odessa ofisining menejeri.
1937–1938-yillar – SSSR Ogʻir sanoat xalq komissarligining Eksportstroy rejalashtirish boʻlimi boshligʻi.
1938–1940-yillar – Moskva sanoat akademiyasining talabasi.
1940–1941-yillar – Pavlovo-Pokrovskaya yigiruv-toʻquv fabrikasi direktori.
1941-yil – Toshkent toʻqimachilik kombinati direktori.
1941–1942-yillar – Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi kotibi.
1942–1944-yillar – Toshkent toʻqimachilik kombinati direktori.
1944–1949-yillar – RSFSR toʻqimachilik sanoati xalq komissari.
1949–1950-yillar – RSFSR yengil sanoat vaziri.
1950–1953-yillar – SSSR yengil sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari.
1953-yil mart–avgust oylari – SSSR yengil va oziq-ovqat sanoati vazirining birinchi oʻrinbosari.
1953–1954-yillar – SSSR isteʼmol tovarlari sanoati vazirining birinchi oʻrinbosari.
1954–1955-yillar – SSSR isteʼmol tovarlari sanoati vaziri.
1955–1956-yillar – SSSR toʻqimachilik sanoati vaziri.
1956–1957-yillar – SSSR yengil sanoati vaziri.
1957–1966-yillar – SSSRning Turkiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi.
1966–1980-yillar – SSSRning Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi.
1980–1986-yillar – SSSR Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari, SSSR Tashqi ishlar vazirligi hay’ati aʼzosi.
1983–1986-yillar – SSSR Vazirlar Kengashi Prezidiumining tashqi iqtisodiy masalalar boʻyicha komissiyasi aʼzosi.
KPSS Markaziy taftish komissiyasi aʼzosi (1966-1986).
Nikita Semyonovich Rijov 1996-yil 12-aprelda Moskva shahrida vafot etgan. U Kuntsevo qabristoniga dafn etilgan[2].
Mukofotlari
tahrir- 2 ta „Lenin“ ordeni (1966; 1977).
- „Oktyabr inqilobi“ ordeni (1971).
- 3 ta „Mehnat Qizil Bayroq“ ordeni (1944; 1958; 1982)
Adabiyotlar
tahrir- Дипломатический словарь. В 3-х томах. Гл. ред. А. А. Громыко, А. Г. Ковалев, П. П. Севостьянов, С. Л. Тихвинский. — М.: Наука, 1985—1986. — Т. 2, с. 498—499.
- Государственная власть СССР. Высшие органы власти и управления и их руководители. 1923—1991 гг. Москва, 1999. — С. 505.
- Н.А. Сотникова. От Обираловки до наших дней, 2, Железнодорожный: ОАО "Подольская фабрика офсетной печати, 2010. ISBN 978-7151-0363-0.
- Н.А. Сотникова. Обираловка и вокруг неё, 3000 экз, Железнодорожный: ОАО «Подольская фабрика офсетной печати», 2012. ISBN 978-7151-0368-1.
Manbalar
tahrir- ↑ Ныне — в Барятинском районе Калужской области.
- ↑ „Могила Н. С. Рыжова“. 2017-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-aprel.