Nikol Vovaevich Pashinyan (armancha: Նիկոլ Վովայի Փաշինյան; 1975-yil 1-iyunda tavallud topgan) – Armaniston davlat va siyosiy arbobi, 2018-yil 8-maydan Armaniston Bosh vaziri[1][2][3]. 2021-yil 25-apreldan 2-avgustgacha bosh vazir lavozimida ishlagan va iyun oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida gʻalaba qozongan.

Nikol Vovaevich Pashinyan
armancha: Նիկոլ Վովայի Փաշինյան
 16-Armeniya respublikasi pemyer ministri
 
Prezident Armen Sarkisyan (2018—2022)
Alen Simonyan (2022;)
Vaagn Xachaturyan (2022 dan)
Oʻtmishdoshi Serj Sargsyan
Karen karapetyan
 Armeniya respeblikasi milliy yig'ilishida „ELK“ Fraksiya lideri
 
Mansab davri
18-may 2017 – 8-may 2018
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Idjevan, Armyan SSR, SSSR
Turmush oʻrtogʻi Anna Akopyan
Bolalari Mariam, Ashot, Shushan, Arpine
Onasi Svetlana Pashinyan
Otasi Vova Pashinyan
Maʼlumoti Yerevan davlat universiteti
Vebsayti primeminister.am (rus.)

Faoliyati

tahrir

Armaniston Milliy Assambleyasi deputati (2012–2018), Yelk fraksiyasi rahbari (2017–2018). Hozirgi paytda esa KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi raisi sifatida faoliyat olib boradi.

Biografiyasi

tahrir

Shahsiy hayoti

tahrir

U uylangan, Mariam, Shushanna, Arpin ismi qizlari va Ashot ismli oʻgʻli bor. Uning rafiqasi Anna Akopyan „Aykakan Jamanak“[4] gazetasining bosh muharriri. Oʻgʻli Ashot Pashinyan 2018-yil iyul oyida oʻz xohishi bilan Togʻli Qorabogʻda harbiy xizmatga yuborilgan[5].

Pashinyan oʻzining ona tili boʻlmish arman tilidan tashqari, rus[6], ingliz[7][8] va fransuz[9][10] tillarini yaxshi biladi.

Yoshlik davrlari

tahrir
 
Pashinyan inqilob davrida

Nikol Pashinyan 1975-yil 1-iyunda Ijevan shahrida tugʻilgan. Uning ismi otasi tomonidan 1943-yilda[11] Ulugʻ vatan urushi paytida Kavkaz frontida halok boʻlgan bobosi sharafiga qoʻyilgan. Pashinyanning otasi jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlagan[12]. Onasi Svetlana Pashinyan 1987-yilda yaʼni Nikol 12 yoshligida vafot etgan. U otasining ikkinchi xotini boʻlgan, oʻgay onasi Yerjanik Chibuxchyan tomonidan tarbiyalangan[13][14]. Armen va Artak ismli ikki akasi bor[15]. Armiyada xizmat qilmagan, chunki undan oldin ikkita katta akasi xizmat qilgan va qonun boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashi shart emasdi[16][17].

Siyosiy faoliyati

tahrir

2007-yilgi parlament saylovlarida Pashinyan prezident Robert Kocharyan va Bosh vazir Serj Sarkisyanning isteʼfosini talab qilgan „Impichment“ bloki roʻyxatida birinchi raqamda edi[18][19]. Natijada blok 1,29 foiz ovoz (17 mingdan ortiq saylovchi) toʻplab, 12-oʻrinni egalladi.

2008-yilda Armaniston prezidentligiga nomzod Levon Ter-Petrosyanning saylovoldi shtabining aʼzosi boʻlgan va 2008-yil 1-2 mart kunlari Yerevanda yuz bergan tartibsizliklardan keyin qidiruvga berilgan[20]. 2010-yil yanvar oyida, ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlikda ayblanib 7 yilga qamalgan. Keyinchalik sud hukmni ikki baravarga qisqartirdi va 2011-yil may oyida Pashinyan Armaniston mustaqilligining 20-yilligi munosabati bilan tayinlangan amnistiyaga binoan ozod qilingan[21].

Tashqi siyosatda

tahrir

Pashinyan Yevropa Ittifoqini Armanistonning islohotlardagi asosiy hamkori deb atadi[22] va Yevropa Ittifoqi va Armaniston oʻrtasida vizasiz rejim joriy etish niyatini bildirgan[23][24].

2018-yilning 27-sentabr kuni Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan MDH sammiti doirasida Pashinyan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi vaziyatni yumshatish boʻyicha choralar koʻrish boʻyicha kelishuvga erishildi[25]. Uchrashuvdan soʻng Pashinyan Aliyev haqida ijobiy fikr bildirgan[26].

2019-yilda Nikol Pashinyan Facebook’dagi obunachilar bilan eng koʻp bogʻlanadigan yetakchilar roʻyxatiga kirgan[27].

Togʻli Qorabogʻ

tahrir
 
Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Davosdagi Xalqaro iqtisodiy forumda

2016-yilgacha Pashinyan bir vaqtlar Levon Ter-Petrosyan tomonidan aytilgan Qorabogʻ masalasini murosa yoʻli bilan hal qilishni qoʻllab-quvvatlagan. Biroq, 2016-yildan keyin Pashinyan oʻz pozitsiyasi oʻzgartirib[28]shunday dedi: „Bizning Ozarbayjonga oʻtkazadigan yerlarimiz yoʻq“[29]. Shuningdek, Artsaxning Ozarbayjonga, yaʼni Ozarbayjon nazoratidagi Shohumyan viloyatiga oʻz hududiy daʼvolariga ega ekanligini aytdi[30].

2018-yil aprel oyida BBCga bergan intervyusida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Yerevanning zabt etilishi hamda Armaniston va Qorabogʻning „kapitulyatsiyasi“ haqida gapirar ekan, Pashinyan Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasida „konstruktiv muloqot“ boʻlishi mumkin emasligini taʼkidlagan[31].

2020-yil 27-sentabrda Ikkinchi Qorabogʻ urushi boshlandi, u shu yilning 10-noyabrgacha davom etgan va shundan soʻng Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Togʻli Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot qabul qildilar[32][33].

2021-yil 11-yanvar kuni Moskvada Rossiya Prezidenti, Ozarbayjon Prezidenti va Armaniston Bosh vaziri oʻrtasida uch tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi, unda yetakchilar qoʻshma bayonotni imzoladilar[34][35].

Manbalar

tahrir
  1. „Пашинян подал в отставку с поста премьера Армении“ (ru). РИА Новости (25-aprel). 2021-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
  2. „Пашинян объявил об отставке“ (ru). РБК. 2021-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
  3. „Пашинян уходит в техническую отставку, но продолжит исполнять обязанности премьера Армении“. ТАСС. 2021-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
  4. „Никол Пашинян: что мы знаем о нём?“. 2018-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-may.
  5. Sputnik. „Ашот Пашинян отправляется в армию: как провожают сына премьер-министра?“ (ru). ru.armeniasputnik.am. 2018-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.
  6. „Почему Путин не вмешался в бархатную революцию в Армении - Никол Пашинян в "Немцова.Интервью"“ (ru). Deutsche Welle (2018-yil 29-may). 2018-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  7. „Armenia's man of the hour, Nikol Pashinyan“. Euronews (2018-yil 30-aprel). 2020-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  8. „Exclusive CGTN interview with Armenian opposition leader Pashinyan“. CGTN (2018-yil 8-may). 2020-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  9. „Վարչապետ Նիկոլ Փաշինյանի ելույթը Ֆրանկոֆոն հասարակական կազմակերպությունների 11-րդ ֆորումին“. Government of Armenia (2018-yil 12-sentyabr). 2020-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  10. „After speaking in very decent English, Nikol concluded in French in homage to @OIFfrancophonie coming up next month.“. Emil Sanamyan on Twitter (2018-yil 25-sentyabr). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  11. Ghukasyan, Seda; Aghbalyan, Gagik; Baghdasaryan, Saro. „Prime Minister’s Father Vova Pashinyan: «There are many Nikols in Armenia»“. Hetq (2018-yil 9-may). 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  12. Yeghiazaryan, Siranush „Նիկոլ Փաշինյան. "Գուցե իմ ամբողջ կյանքը խենթություն է"“ (hy). mediamax.am (2015-yil 15-yanvar). 2018-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-may.()
  13. „"Փաշինյան, հյուր ունենք", կամ այց վարչապետի ծնողներին“ (hy). armeniasputnik.am. Sputnik Armenia (2018-yil 23-may). 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  14. „Биография премьера Армении Никола Пашиняна“. 2021-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.
  15. „Никол Пашинян — родом из Иджевана“. 2018-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-may.
  16. Ghukasyan, Seda. „Ինչ հիմքերով են պարտադիր զինվորական ծառայությունից ազատվել կառավարության անդամները. մաս 1“ (hy). Hetq (2018-yil 21-avgust). 2018-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  17. „Նիկոլ Փաշինյանը բանակում իր չծառայելու մասին“ (hy). news.am (2014-yil 28-yanvar). 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  18. „«КАРАБАХ — ЗА ПРЕЗИДЕНТСКОЕ КРЕСЛО»“. 2018-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  19. „«Импичмент» обвинили в популизме“. 2018-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  20. „Zavershilos predvaritelnoe sledstvie otnositelno 7 obvinyaemix, naxodyaщixsya pod predvaritelnim zaklyucheniem“, genproc.am Andoza:Проверено
  21. „Первые плоды амнистии — вышли на свободу Сасун Микаелян и Никол Пашинян“. 2018-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-aprel.
  22. „Пашинян назвал ЕС главным партнёром Армении по реформам“. 2020-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
  23. „Пашинян подтвердил, что будет добиваться отмены визового режима между Арменией и ЕС, ТАСС, 9 мая 2018“. 2018-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-dekabr.
  24. „Европейский союз готов обсуждать безвизовый режим с Арменией, armmuseum.ru, 19 июня 2018“. 2018-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-dekabr.
  25. „Nikol Pashinyan, Ilham Aliyev agree to de-escalate situation on border line and prevent incidents“. 2020-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  26. „Nikol Pashinyan: Aliyev left impression of an educated person“. 2020-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  27. „World Leaders on Facebook 2019“ (en). Twiplomacy (2019-yil 9-aprel). 2019-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.
  28. Adilgizi, Lamiya. „Azerbaijan watches Armenian rebellion with jealousy and hope“. Eurasianet (2018-yil 27-aprel). 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  29. de Waal, Thomas. „Armenia's Revolution and the Karabakh Conflict“. Carnegie Europe (2018-yil 22-may). 2020-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.
  30. Abrahamyan, Eduard. „Pashinyan Stiffens Armenia's Posture Toward Karabakh“. Jamestown Foundation (2018-yil 10-may). 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  31. „Никол Пашинян: со стороны Армении отношениям с Россией ничего не грозит [Nikol Pashinyan: Nothing threatens relations with Russia from the Armenian side“] (ru). BBC Russian Service (2018-yil 29-aprel). 2020-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  32. „Армения заключила мир и пошла на уступки Азербайджану. Главное к 15:00“ (ru). РБК. 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-noyabr.
  33. „Конец войны в Карабахе. Стороны договорились о вводе в регион российских миротворцев“. BBC News Русская служба. 2020-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-noyabr.
  34. „Путин, Алиев и Пашинян приняли заявление о Карабахе“ (ru). РБК. 2021-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  35. „«Конкретные шаги по строительству экономических связей»: Путин, Алиев и Пашинян подписали заявление о развитии Карабаха“ (ru). RT на русском. 2021-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.