Nikolas Lodeiro
Marselo Nikolas Lodeiro Benites (ispancha: Marcelo Nicolás Lodeiro Benítez; 1989-yil 21-mart, Paysandu) – urugvaylik professional futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi. Hozirda Amerikaning Sietl Saunders klubi va Urugvay milliy futbol terma jamoasi futbolchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Marcelo Nicolás Lodeiro Benítez | ||
Tavallud sanasi | 21-mart, 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Paysandú, Urugvay | ||
Boʻyi | 170 | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Sietl Saunders FC | ||
Raqami | 10 |
Futbolchilik faoliyati
tahrirLodeiro dastlab „Barrio Obrero“ klubida futbol oʻynay boshlagan. Uning 2003-yilda Nacional yoshlar jamoasiga kelishiga skaut Daniel Lopes yordam bergan. U yoshlar terma jamoalarida oʻtkazgan toʻrt-yil davomida 17 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi mamlakat chempionligini qoʻlga kiritadi. 2007-yildan keyin u ushbu jamoaning asosiy tarkibida oʻynay boshlagan. 2007-yilning 19-avgustida boʻlib oʻtgan „Feniks“ klubi bilan oʻyinda Lodeiro oliy divizionda debyut qiladi. Nacional tarkibida 2008-yilgi Liguilla gʻolibi va 2008/09-yilgi mavsumda Urugvay chempionligini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, 2008/09-yilgi mavsumda uning klubi Libertadores kubogi yarim finaliga ham chiqadi. 2010-yilning yanvarida Lodeyro 4 million yevro evaziga „Ayaks“ga transfer qilinadi[1]. 2010-yilning 7-fevralida u „Ayaks“ safida "Tvente"ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushish orqali debyut qiladi.
Lodeiro 2008/09-yilgi mavsumda Urugvay U20 terma jamoasida oʻynagan, 11 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. 2009-yilda 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etadi, ushbu musobaqada uning jamoasi 3-oʻrinni egallaydi va u 3 ta gol uradi. Oʻsha yili U20 jahon chempionati saralashida Urugvay terma jamoasi 1/8 finalda magʻlub boʻladi. Ushbu turnirda u 2 gol uradi va jamoa sardori sifatida qatnashadi. Lodeiro 2009-yilning noyabr oyidan beri Urugvay kattalar futbol terma jamoasida oʻynamoqda va oʻsha yilning noyabr oyida Kosta-Rika terma jamoasi bilan ikkita oʻyin oʻtkazadi[1]. Kosta-Rikaga qarshi bahs JCh-2010 saralashi doirasidagi pley-off oʻyinlaridan biri boʻlib, ikkita uchrashuvning yakuniga koʻra Urugvay JChga yoʻllanma oladi.
Urugvayning JCh-2010 dagi Fransiyaga qarshi kechgan mundialdagi birinchi oʻyinida Lodeiro 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushadi, ammo 81-daqiqadayoq u ikkita sariq kartochka olib maydondan chetlatiladi va ushbu turnirda chetlatilgan birinchi futbolchiga aylandi. Qolaversa, urugvaylik futbolchi birinchi ogohlantirishini maydonga tushganidan 2 daqiqa oʻtib oladi[1][2]. Shundan soʻng Lodeiro 1/8 finalda Janubiy Koreyaga qarshi, 1/4 finalda Ganaga qarshi kechgan bahslarda maydonda harakatlanadi. Oʻsha oʻyinda Lodeiro oʻng oyogʻining suyagi sinishi natijasida jiddiy jarohat oladi va uzoq vaqtga safdan chiqadi[3].
2011-yilning 21-yanvarida „Ayaks“ bosh murabbiyi Frank de Bur Lodeiro keyingi bir oy ichida mashgʻulotlarga qaytishiga umid bildiradi[4]. Lodeyro 2011-yilgi Amerika Kubogida tiklanishga muvaffaq boʻldi va uning gʻolibiga aylandi, lekin u asosiy tarkib oʻyinchisi emas edi va faqat zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushdi. 2011/12-yilgi mavsumda Lodeiro asta-sekin jarohatidan toʻliq forigʻ boʻldi va 2011-yilning noyabr oyidan muntazam ravishda „Ayaks“ safiga qoʻshila boshladi. 2012-yilning fevraliga kelib, Nikolay allaqachon Amsterdam klubining asosiy jamoasi oʻyinchisiga aylangan edi – u „Ayaks“ uchun 13 ta oʻyin oʻtkazdi, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Biroq 2012-yilning yozida u faoliyatini Braziliyada davom ettirishga qaror qiladi va „Botafogo“ bilan 2016-yilgacha shartnoma imzoladi[5]. 2014-yil boshida CSKA futbolchiga qiziqish bildira boshladi, biroq Botafogo taklif qilingan 10 million yevroni rad etdi[6]. 2015-yilning 5-fevralida Lodeiro „Boka Xuniors“ futbolchisi sifatida taqdim etiladi. Yangi klubida u 10-raqamni oladi[7].
2016-yilning 27-iyulida Lodeiro MLSning Sietl Saunders klubiga kelib qoʻshiladi[8][9][10]. U Shimoliy Amerika ligasidagi debyutini 31-iyul kuni Los-Anjeles Gelaksiga[11] qarshi oʻyinda oʻtkazadi. U „Sietl Saunders“ safidagi ilk golini 14-avgust kuni „Real Solt Leyk“ ga qarshi oʻyinda kiritadi[12]. Lodeiro 2016-yilgi mavsumini toʻrtta gol va sakkizta golli uzatma[13] bilan yakunlaydi. Futbolchi Saundersga Gʻarbiy konferensiyada toʻrtinchi oʻringa koʻtarilishga yordam beradi, shu tufayli u MLSda yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topiladi. 10-dekabr kuni MLS kubogi 2016 oʻyinida Sietl asosiy va qoʻshimcha vaqtlarda golsiz durangdan soʻng Torontoni penaltilar seriyasida magʻlub etadi[14].
U 2019-yilgi MLS yulduzlar oʻyini uchun tanlangan qatorida boʻlgan, unda liga yulduzlari Atletiko Madrid[15] bilan toʻqnash kelishadi.
2019-yilning yozida Nikolas Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilinadi. Guruhdagi birinchi oʻyinda Ekvadorga qarshi kechgan bahsda u 6-daqiqada gol uradi va jamoasi 4:0 hisobidagi ishonchli gʻalaba keltiradi.
2020-yilgi mavsumda u 10 ta golga assistentlik qiladi va golli uzatmalar boʻyicha liga peshqadamlaridan biriga aylanadi va buning uchun u MLS ramziy jamoasiga kiritiladi[16].
Jamoaviy yutuqlari
tahrirNacional FC
- Urugvay chempioni (1): 2008/09
- Liguilla gʻolibi (1): 2008
Ayaks FC
- Gollandiya chempioni (2): 2010/11, 2011/12
- Gollandiya kubogi sohibi (1): 2009/10
Urugvay terma jamoasi
- Amerika kubogi gʻolibi (1): 2011
- Argentina chempioni (1): 2015
- Argentina kubogi gʻolibi (1): 2014/15
- MLS chempioni (2): 2016, 2019
- KONKAKAF Chempionlar Ligasi chempioni (1): 2022
Shaxsiy yutuqlari
tahrir- Urugvayda-yilning eng yaxshi futbolchisi (1): 2009
- Janubiy Amerika jamoasi aʼzosi (1): 2009
- MLSning yangi oʻyinchisi: 2016
- KONKAKAF Chempionlar Ligasi Yulduzlar jamoasi aʼzosi (2): 2018 [17], 2022 [18]
- MLS All-Star (1): 2019
- MLS yulduzlar jamoasi aʼzosi (1): 2020
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „18 минут славы“. 2010-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyun.
- ↑ „Первое удаление на мундиале в ЮАР заработал уругваец Лодейро“. 2010-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-iyun.
- ↑ „Лодейро не поможет сборной Уругвая из-за перелома ноги“. 2010-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-iyul.
- ↑ Jeroen Geuijen. „Lodeiro nog een aantal weken uit de roulatie“ (nl). ajaxinside.nl (2011-yil 21-yanvar). 2012-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-yanvar.
- ↑ „Полузащитник «Аякса» Лодейро перешел в «Ботафого»“. 2014-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-may.
- ↑ „ЦСКА намерен приобрести хавбека сборной Уругвая Лодейро“. 2014-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-may.
- ↑ „Лодейро подписал контракт с «Бока Хуниорс»“. Sports.ru (2015-yil 5-fevral). 2015-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-fevral.
- ↑ „Seattle Sounders sign Uruguayan international Nicolás Lodeiro to multi-year Designated Player deal“ (en). Seattle Sounders FC (2016-yil 27-iyul). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ Sam Stejskal. „Seattle Sounders sign Uruguay midfielder Nicolas Lodeiro from Boca Juniors“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 27-iyul). 2016-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
- ↑ Matt Pentz. „Sounders sign Uruguayan attacking midfielder Nicolas Lodeiro to Designated Player contract“ (en). Seattle Times (2016-yil 27-iyul). 2020-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ Franco Panizo. „Seattle Sounders 1, LA Galaxy 1 | 2016 MLS Match Recap“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 31-iyul). 2016-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ Peter Brownell. „Seattle Sounders 2, Real Salt Lake 1 | 2016 MLS Match Recap“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 14-avgust). 2016-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ Steve Brisendine. „Sounders midfielder Nicolas Lodeiro named 2016 MLS Newcomer of the Year“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 21-noyabr). 2016-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ „Seattle Sounders win first MLS Cup in franchise history in dramatic penalty kick shootout over Toronto FC“ (en). Seattle Sounders FC (2016-yil 10-dekabr). 2020-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ „Nicolás Lodeiro Named to 2019 MLS All-Star Game Roster“ (en). Seattle Sounders FC (2019-yil 24-iyun). Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ „2020 MLS Best XI“ (en). MLSsoccer.com (2020-yil 20-noyabr). 2020-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ „2018 SCCL - Best XI“ (en). Scotiabank CONCACAF Champions League (2018-yil 26-aprel). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ „Lodeiro, Dinenno headline 2022 SCCL Best XI“ (en). concacaf.com. КОНКАКАФ (2022-yil 6-may). 2022-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-mart.