Nikolay Bogoroditskiy
Nikolay Petrovich Bogoroditskiy (1902-1967) — sovet elektr fizigi, elektr materiallari sohasida taniqli mutaxassis. Professor, texnika fanlari doktori, V. I. Ulyanov (Lenin) nomidagi Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti elektrotexnika materiallari kafedrasi asoschisi (hozirgi mikro va nanoelektronika kafedrasi). Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti rektori (1954-1967). SSSRda radiokeramika va yuqori chastotali dielektrik materiallarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish asoschilaridan biri. Uchinchi darajali uchta Stalin mukofoti laureati (1942, 1952-yilda ikki marta taqdirlangan).
Nikolay Bogoroditskiy | |
---|---|
Tavalludi |
7 (20)-may 1902 Тoshkent, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
19-iyun 1967 (65 yosh) Leningrad, RSFSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | elektrotexnik jismlar |
Ish joylari | Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti |
Taʼlimi | Leningrad politexnika instituti |
Ilmiy darajasi | Texnika fanlari doktori |
Mukofotlari |
|
Hayot yo‘li va ilmiy faoliyati
tahrirBolalik va o‘smirlik davri (1902-1927)
tahrirN. P. Bogoroditskiy 1902-yil 7-(20) mayda Toshkentda taniqli pravoslav ruhoniysi, Iosif-Georgiyevskiy ibodatxonasi rahbari oilasida tug‘ilgan. Dastlab Toshkent kadet korpusida, otasi vafotidan keyin esa (1918) 2-Skopinskiy birlashgan mehnat bilim yurtida oʻqigan. 1920-yilda Turkiston Davlat universitetiga (Toshkent) oʻqishga kirgan va 1922-yilda Petrogradga koʻchib oʻtib u yerda Politexnika institutining elektromexanika fakultetida oʻqigan. Talabalik yillarida Bogoroditskiy Leningrad elektrofizika institutida ishlagan, akademik A. F. Ioffe, professor A. F. Valter va professor M. M. Mixaylovlarning seminarlarida qatnashib, qattiq jismlar fizikasi bo‘yicha qo‘shimcha bilimlar olgan. Bu Bogoroditskiyga diplomni (1927) olgandan so‘ng darhol yuqori haroratlarda yuqori elektr va mexanik kuchga ega bo‘lgan namlikka chidamli elektr izolyatsion materiallar bo‘yicha tadqiqotlarni boshlash imkonini yaratgan.
Dielektrik tadqiqotlar
tahrirSanoat chastotali qurilmalar uchun izolyatsiyani o‘rganish bilan bir qatorda, Bogoroditskiy simli va simsiz aloqa uchun yuqori chastotalarda past dielektrik yo‘qotishlarga ega dielektriklar bo‘yicha tadqiqotlar ustida ish boshlagan. Bu tadqiqot natijasida yuqori chastotali keramika va elektr shishaning yangi turlari yaratilgan. Ushbu tadqiqot Leningrad elektrofizika institutida olib borilgan va uning natijalari Komintern radiozavodida, Markaziy radiolaboratoriyada va boshqa tashkilotlarda joriy etilgan.
30-yillarning boshlarida Bogoroditskiy S. M. Budyonniy nomidagi Harbiy aloqa akademiyasida, 1937-yildan esa Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetida dars bera boshlagan. Dielektriklarning elektrofizik xossalarini oʻrganish natijalari olim himoya qilgan ,,Yuqori chastotali dielektriklar" nomzodlik dissertatsiyasi monografiyasida chop etilgan (1935).
Bogoroditskiy (1935-1940) Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetining yuqori kuchlanishli qurilmalar muhandisligi kafedrasida birinchi elektr izolyatsion materiallar o‘quv laboratoriyasini tashkil etgan. Bu yerda o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari, keramika va boshqa radio-elektr izolyatsiyalovchi materiallarda dielektrik yo‘qotishlarni o‘lchash bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan.
1940-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shu bilan birga, Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetida, shuningdek, professor A. A. Smurov kafedrasida keramika va boshqa izolyatsion materiallarda dielektrik yo‘qotishlarni o‘lchash uchun birinchi laboratoriyani yaratgan.
1933-1942-yillarda Bogoroditskiy hozirda mashhur bo‘lgan tikondlar, mikalex, yuqori chastotali shisha, radio chinni, ultra chinni kabi izolyatsion materiallarni ishlab chiqqan.
Ulug‘ Vatan urushi boshida N. P. Bogoroditskiy mudofaa zavodi bilan birgalikda Krasnoyarskga evakuatsiya qilingan va u yerda radiochastota hududida past dielektrik yo‘qotishlarga ega bo‘lgan turli xil keramik kondensatkichlarni yaratib, ularni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetidagi faoliyati. Dielektrik va yarimo‘tkazgichlar kafedrasi
tahrir1945-yil oxirida Bogoroditskiy Leningradga qaytib kelgan va bu shaharda sanoat sohasida ishlashni davom ettirgan. Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetida yuqori kuchlanishlar bo‘limiga rahbarlik qilgan, yuqori chastotali jismlarni ishlab chiqqan, yuqori kuchlanish texnologiyasi bo‘limiga rahbarlik qilgan. 1946-yilda Bogoroditskiy dielektriklar va yarimo‘tkazgichlar kafedrasiga (hozirgi mikro va nanoelektronika kafedrasi) asos solgan. Bogoroditskiy rahbarligida etalon o‘lchov kondensatorlari, avtouchqun izolyatorlari, tayanch mast izolyatorlari, shisha izolyatorlari va boshqa elektrotexnika mahsulotlarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Kafedra tashkil etilgan paytdan boshlab yarim o‘tkazgichlar xususan, yangi yarim o‘tkazgich materiali kremniy karbidining elektrofizik xususiyatlari va kremniy karbidli keramika asosida turli xil qurilmalar, masalan, chiziqli bo‘lmagan qarshilikdagi yarim o‘tkazgich, to‘lqin o‘tkazgich absorberlari, ignitron o‘t qo‘yuvchilar va boshqalar bo‘yicha tadqiqotlar boshlangan.
1950-yilda N. P. Bogoroditskiy V. V. Pasinkov va B. M. Tareyev bilan birgalikda ushbu soha bo‘yicha birinchi „Elektrotexnika materiallari“ o‘quv qo‘llanmasini yaratgan. Bu qo‘llanma rus, ingliz, xitoy, ispan va boshqa tillardagi 7 ta mahalliy va 9 ta xorijiy nashrlarda chop etilgan. Bu ilmiy ishi uchun Bogoroditskiy ikkinchi marta Stalin mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Shu bilan birga, Nikolay Petrovich rahbarligida Girikond ilmiy-tadqiqot institutida bariy titanat asosidagi yuqori chastotali chiziqli bo‘lmagan keramika, shuningdek, mikroto‘lqinli keramika — ultraporselen bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Girikond ilmiy-tadqiqot institutida olib borilgan tadqiqotlar asosida N. P. Bogoroditskiy „Yuqori chastotali noorganik materiallar“ (1948) va „Yuqori chastotali keramikaning elektrofizik asoslari“ (1958) monografiyalarini nashr ettirgan. Shuningdek, olim mahalliy fan va ishlab chiqarishning so‘nggi yutuqlarini aks ettiruvchi „Radiokeramik“ (1963) fundamental asarini tayyorlagan mualliflar jamoasiga rahbarlik qilgan. Uning vafotidan keyin (1967) „Yuqori kuchlanishli keramik kondensatorlar“ monografiyasi nashr etilgan.
1954-1967 yillarda N. P. Bogoroditskiy Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti rektori bo‘lgan. Bu davr elektronika, hisoblash texnikasi va informatikaning jadal rivojlanishi davriga to‘g‘ri kelgan. Shu munosabat bilan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab qiluvchi qattiq jismli elektronika rivojlanishiga kuchli turtki bo‘lgan. Bogoroditskiy tashabbusi bilan mamlakat oliy o‘quv yurtlarida „Dielektriklar va yarimo‘tkazgichlar“ mutaxassisligi bo‘yicha, 1961-yildan esa „Yarimo‘tkazgich qurilmalari“ mutaxassisligi bo‘yicha muhandislar tayyorlana boshlangan. Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti rektori sifatida N. P. Bogoroditskiy kompyuter fanlari, biotibbiyot, elektronika va boshqa sohalarda muhandislarni tayyorlashni kengaytirish yoki boshlashga hissa qo‘shgan. Bogoroditskiy davrida institutning moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada mustahkamlangan (3-binoning qurilishi yakunlangan va 5-binoning qurilishi boshlangan), Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti to‘rtinchi, oltinchi va yettinchi binolarni olgan.
N. P. Bogoroditskiy RSFSR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qoshida tashkil etilgan yarimo‘tkazgichlar va izolyatsiyalash texnologiyasi mutaxassisliklari bo‘yicha uslubiy komissiya, shuningdek, SSSR Fanlar akademiyasi va Ilmiy-texnika jamiyati ilmiy-texnik kengashiga ixtisoslashtirilgan bo‘limni tashkil etilgan kunidan boshlab boshqargan, shuningdek, SSSR Fanlar akademiyasi va A. S. Popov nomidagi ilmiy-texnika jamiyati ilmiy-texnik kengashlariga ixtisoslashtirilgan bo‘limlar, Fan va texnologiya sohasidagi Lenin mukofotlari bo‘yicha qo‘mita bo‘limi aʼzosi hisoblangan. N. P. Bogoroditskiy A. S. Popovning memorial kvartira-muzeyini qayta tiklash to‘g‘risidagi buyruqni imzolangan(1967).
Nikolay Petrovich Bogoroditskiy 1967-yil 19-iyunda vafot etgan. Olim Petro-Slavyanka qishlog‘iga (Leningrad viloyati) dafn etilgan.
Munosabat
tahrirYu. M. Tairovning so‘zlariga ko‘ra (,,Elektron" gazetasi, 2010-yil oktabr, ,,O‘qituvchilar haqida" rukni) Bogoroditskiy ,,hamma narsada namuna bo‘lgan. Zamondoshlari uni nafis did sohibi, ozg‘in, kelishgan deb eslashadi. U bir nechta chet tillarini bilgan, rasm chizishni, klassik musiqani yaxshi ko‘rgan. Tez-tez filarmoniyaga borib turgan. Baʼzan maʼruzalardan oldin navbatdagi badiiy ko‘rgazmaga tashrif buyurib, taassurotlari bilan bo‘lishgan. Nikolay Petrovich o‘z shogirdlarida go‘zallikka intilishni singdirishga, ajoyib shahrimiz va unda sodir bo‘layotgan madaniy hayotning rang-barangligiga samimiy munosabatni yetkazishga harakat qilgan. Bir so‘z bilan aytganda, Nikolay Petrovich Bogoroditskiy ,,komilfo" odam edi. Olijanob inson".
Mukofot va yutuqlari
tahrir- Uchinchi darajali Stalin mukofoti (1942) — „Ultrafarfor“ radiotexnikaga mo‘ljallangan yangi izolyatsion material ixtirosi uchun.
- Uchinchi darajali Stalin mukofoti (1952) — „Elektr materiallari“ darsligi uchun (1951)
- Uchinchi darajali Stalin mukofoti (1952) — radiotexnika qismlarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani uchun
- RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1962)
- Lenin buyrugʻi
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni
- "Shon-sharaf belgisi" ordeni
- Medallar
Xotira
tahrirNikolay Petrovich Bogoroditskiy sharafiga Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti maʼmuriy-oʻquv-laboratoriya binosiga (Instrumentalnaya koʻchasi, 2-uy) yodgorlik lavha oʻrnatilgan.
Ilmiy ishlari
tahrir- Bogoroditskiy N. P. Visokochastotniye dielektriki. M.: Energiya, 1938
- Bogoroditskiy N. P. Visokochastotniye neorganicheskiye materiali. M.: Energiya, 1948
- Bogoroditskiy N. P. Elektrofizicheskiye osnovi visokochastotnoy keramiki. M.: Energiya, 1958
- Bogoroditskiy N. P. i dr. Radiokeramika. M.: Energiya, 1963
- Bogoroditskiy N. P., Volokobinskiy Yu. M., Vorobyev A. A., Tareyev B. M. Teoriya dielektrikov. — M. L.: Energiya, 1965. — 344 s. — 10 000 ekz.
- Bogoroditskiy N. P. Visokovoltniye keramicheskiye materiali. M.: Energiya, 1967
- Bogoroditskiy N. P. i dr. Elektrotexnicheskiye materiali. M.: Energoatomizdat, 1986.
Adabiyot
tahrir- Labirinti pamyati: Almanax / Pod obsh. red. V. V. Luchinina. SPb.: SPbGETU „LETI“, 2011. 304 s.
- Vidayushiyesya vipuskniki i deyateli Sankt-Peterburgskogo gosudarstvennogo elektrotexnicheskogo universiteta „LETI“ imeni V. I. Ulyanova (Lenina). 1886—2006: biograficheskiy spravochnik / pod red. D. V. Puzankova. SPb: Izd-vo SPbGETU „LETI“, 2006. 350 s. ISBN 5-7629-0721-X