Nikolay Iosifovich Konrad [1891. 1(13).3, Riga — 1970.30.9, Moskva] — sharqshunos olim. Rus yaponshunosligi maktabi asoschisi, akademik. (1958). Peterburg universiteti va Amaliy sharqshunoslik akademiyasini tugatgan (1912). Asosiy ilmiy ishlari Yaponiya, Xitoy va Koreya adabiyoti, tilshunosligi, tarixi va madaniyati tarixiga bagʻishlangan. Shu mamlakatlar xalqlarining yozma yodgorliklarini rus tiliga tarjima qilgan. Osiyo va Yevropa mamlakatlari tarixiy taraqqiyotini chuqur tahlil qilish Konradga Sharq va Gʻarbning tarixiy va madaniy taraqqiyotini qiyoslab, qator muhim muammolariga butunjahon tarixiy jarayonining yagonaligi pozitsiyasidan yondashish imkonini berdi. Alisher Navoiy ijodi boʻyicha ham tadqiqotlar olib borgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "KONRAD Nikolay Iosifovich" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Zapad i Vostok, M., 1972.