Nikolay Ivanovich Kucherskiy (1937-yil 21-iyul, Melitopol, Ukraina SSR, SSSR2018-yil 13-dekabr, Moskva viloyati, Rossiya) — konchi-muhandis, metallurg, ishlab chiqarish novatori, "Do‘stlik" ordeni sohibi (1994)[1], Oʻzbekiston Qahramoni (1996), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan injener (1975), texnika fanlari doktori (1999).

Nikolay Ivanovich Kucherskiy
ruscha: Николай Иванович Кучерский

Nikolay Kucherskiy (chapda) va Suhrob Kenjayev
Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori
Mansab davri
1985-yildan – 2008-yilgacha
Prezident Inomjon Usmonxoʻjayev
Rafiq Nishonov
Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Anatoliy Petrov
Vorisi Quvondiq Sanaqulov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-iyul 1937-yil
Donetsk
Vafoti 13-dekabr 2018-yil(2018-12-13)
(81 yoshda)
Moskva
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni
5-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni

Biografiyasi

tahrir

Nikolay Kucherskiy 1937-yil 21-iyulda Melitopolda tugʻilgan. 1961-yilda Dnepropetrovsk konchilik institutini kon muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1961-yilda Uchquduqdagi Shimoliy ruda boshqarmasida kon ustasi sifatida boshlagan, uchastka boshlig‘i, karer boshlig‘i, bosh muhandis, so‘ngra Markaziy kon boshqarmasi direktori lavozimlarida ishlagan.

N.Kucherskiyning butun mehnat faoliyati Oʻzbekistonning uran va oltin qazib olish sanoati bilan bogʻliq edi.

1985-yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori etib tayinlandi.

1991-yildan "Qizilqumkamyobmetalloltin" davlat konserni Kengashi raisi. Kucherskiy rahbarligi va ishtirokida oltin konlarida kon texnikasini modernizatsiyalash va siklli potok texnologiyani tashkil qilish boʻyicha yirik tadqiqot ishlanmalari bajarildi, Muruntov oltin ajratish majmuining 2- va 3-navbati qurildi, oltin bilan bir qatorda yoʻldosh volfram, kumush, palladiyni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga joriy qilindi.

N.Kucherskiy – texnika fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan muhandis, Navoiy davlat konchilik instituti va Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish institutining faxriy professori ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.

Kucherskiy Rossiya Konchilik Fanlar akademiyasi akademik (1992), Xalqaro fanlar, taʼlim, industriya va sanʼat akademiyasining haqiqiy aʼzosi (1997), Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining akademigi (2000).

N.Kucherskiy Oliy Majlis deputati etib saylangan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi boʻlgan[2][3].

U 2018-yil 13-dekabrda Moskva yaqinidagi klinikalardan birida vafot etdi.

Mukofotlari

tahrir


Manbalar

tahrir
  1. „„Xalq so‘zi" gazetasi 1994-yil 26-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 25-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e`lon qilinganligining uch yilligi munosabat bilan mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
  2. Flagman industrii nezavisimogo Uzbekistana. T., 1997; Zoloto Kizilkumov, T., 1998.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. Указ Президента Республики Узбекистан от 26 avgust 1996 года № УП-1545 «О присвоении звания «Узбекистон Кахрамони»
  5. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2000 года № УП-2705 «О награждении с девятой годовщины независимости Республики Узбекистан группы государственных служащих, работник производства и социально-экономической сферы
  6. „N. Kucherskiyni “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni“. lex.uz. Qaraldi: 16-iyun 2023-yil.
  7. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 1994 года № УП-939 «О награждении в связи с 3-ей годовщиной провозглашения независимости Республики Узбекистан
  8. „Указ Президента Украины от 17 июля 2007 года № 645/2007 «О награждении Н. Кучерского орденом князя Ярослава Мудрого»“. 2019-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-may.
  9. „Указ Президента Украины от 16 декабря 2002 года № 1161/2002 «О награждении граждан Республики Узбекистан»“. 2019-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-iyun.