Nikolay Mironov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nikolay Nazarovich Mironov (1870.11.10, Samara gubernyasi — 1952.6.7, Moskva) — kompozitor, dirijyor, folklorshunos, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat ar-bobi (1930), Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Margʻilon shahridagi harbiy orkestr dirijyori (1887-yildan), ke-yinchalik Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent shaharlarida konsert guruxlarining tashkilotchisi va rahbari. 1904-yildan Turkiston, Gʻarbiy Sibir, Qrim, Kavkaz va boshqa joylarga folklor ekspedi-siyalarni tashkil k.ilgan va yuzlab xalq kuy va qoʻshiklarini yozib olgan. Samarqand musiqa va xoreografiya instituti tashkilotchilaridan va direktori (1928—32), Oʻzbek davlat filarmoniyasi xalq cholgʻulari orkestri dirijyori (1936—38). Kompozitorlik ijodidan 4 opera, 3 musiqali drama, simfonik, vokalsimfonik, xor va kamer asarlari oʻrin olgan. Oʻzbek, tojik, rus, qalmoq va boshqa xalqlar kuylarini kayta ishlagan.
Manbalar
tahrir- Muzika oʻzbekov, 1929; Obzor muzikalnix kultur oʻzbekov i drugix narodov Vostoka, 1931; Pesni Fergani, Buhari i Xivi, 1931; Muzika tadjikov, 1932.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |