Nikolay Zinin
Nikolay Nikolayevich Zinin (1812.25.8, Shusha — 1880.18.2, Peterburg) — rus organik kimyogari, Peterburg Fanlar akademiyasi akademik (1865 yildan). Peterburg Tibbiyotxirurgiya akademiyasining professor (1848— 74). Ilk bor kaliy sianid ishtirokida benzaldegidni kondensatlab, benzoin va uni nitrat kislota bilan oksidlab, benzil olgan.
Z. 1842 yilda aromatik nitrobirikmalardan aromatik aminlar olish usulini kashf etgan (qarang Zinin reaksiyasi), shu usulda anilin va a naftalin sintez qilgan, fenildiamin va dezoksibenzoin (1844), benzidin (1845) olgan. Benzidin birikmalarini qayta guruhlashni taklif qilgan. [1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |