Naum Davidovich Nikomarov (1904.6.1, Boku - 1974.27.11, Moskva) — Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Boku teatr texnikumini (1920), Moskva markaziy teatr sanʼati texnikumini (1924), Diksiya va deklamatsiya institutini (1925) tugatgan. Turli yillarda Boku, Samara teatrlarida, 1946-yildan Toshkent rus drama teatrida ishlagan. Kutuzov ("Feldmarshal Kutuzov"), Satin ( "Tubanlikda"), Mister Dulitl, Genri Xiggins ("Pigmalion"), Montanelli ("Soʻna"), Uriel Akosta ("Uriel Akosta"), Yegor Bulichyov ("Yegor Bulichyov va boshqalar"), Famusov ("Akllilik balosi") kabi rollari bilan tanildi. Sahnaviy joziba, joʻshqinlik, oʻtkir ifodaviy vositalar topa bilish uning ijodiga xosdir[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil