Nil-sahroi kabir tillari — Afrika tillari makrooilasi. N.-S.Nil-sahroi kabir tillarining genetik yaqinligi haqidagi faraz amerikalik olim J. Grinberggategishli. Bu tillar, asosan, Markaziy va Sharqiy Afrikada tapkalgan (eng gʻarbiy chegarasi Niger daryosining oʻrta oqimi). N.-S.Nil-sahroi kabir tillarida 30 mln. dan ortik, kishi soʻzlashadi; ushbu tillar gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan 6 oilaga boʻlinadi: 1) songaizarma; 2) Sahroi Kabir; 3) maba; 4) fur; 5) sharinil; 6) koma.

N.-S.Nil-sahroi kabir tillari ichida shari-nil oilasi alohida oʻringa ega, chunki bu oila oʻz navbatida sharqiy sudan, markaziy sudan, kunama, berta kabi tarmoklarga, tarmoqlar esa guruhlarga boʻlinadi. Umuman, N.S.Nil-sahroi kabir tillariga mansub 50 dan or-tiq til oʻz grammatik qurilishi va lugʻat tarkibiga koʻra oʻzaro keskin farqlanadi, chunki bu tillarga qoʻshni tillar (ayniqsa, xom-som tillari) kuchli taʼsir koʻrsatgan. Olimlar bu tillarni 160 dan ortiq lugʻaviy oʻxshashliklar, shuningdek, 30 dan or-tiq morfologik koʻrsatkichlarning oʻzaro muvofiqligi asosida genetik jihatdan bir deb hisoblagan boʻlsalarda, bunday oʻxshashlik va mosliklar N.-S.Nil-sahroi kabir tillari makrooilasidagi hamma tillarda ham mavjud emas.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil