Nimo Yushij
Nimo Yushij (taxallusi, asl ismi Ali Nuri Isfandiyoriy; 1895—1960) — eronlik shoir va tarjimon. Eronda "Yangi she'r" uslubining asoschilaridan biri.
Nimo Yushij | |
---|---|
Tavalludi |
12-noyabr 1895-yil |
Vafoti |
6-yanvar 1960-yil (64 yoshda) Tehron, Eron |
Kasbi | shoir, tarjimon |
Ijod qilgan tillari | Fors tili va Mazanderani |
Fuqaroligi | Qojarlar davlati va Pahlaviylar davlati |
Hayoti
tahrirNimo Yushij Eronning Mozandaron viloyatidagi Yush qishlog'ida dunyoga kelgan. Bolaligi shu qishloqda o'tib, o'smirlik davrida ota - onasi bilan Tehron shahriga ko'chib keladi. Nimo boshlang'ich tahsilni tugatgach, fransuz tilini o'zlashtirish maqsadida 11 yoshida Tehrondagi "Sanlui" katolik oliy maktabiga o'qishga kiradi. Fransuz adabiyotini o'rganib dunyoqarashini kengaytiradi. U arab tilini ham yaxshigina o'zlashtirib oladi. O'smirligida an'anaviy uslubda she'rlar yozib hammaga iste'dodini namoyon etadi. U 1920 - yili 30 betdan iborat "Rangi o'chgan hikoya, sovuq qon" ("Qissaye rangparida, xuni sard") nomli ilk she'riy majmuasi bilan yangicha yo'nalishni boshlab beradi. Bu shoir nomini tillarda doston qiladi. Nimoning 1922 - yili nashr etilgan "Ertak" ("Afsona") nomli she'ri vazni, ifoda uslubi va so'zlarning qoʻllanishi jihatidan butunlay yangicha edi. U Eronda "Erkin she'r otasi" unvoniga sazovor boʻlgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |