Nisbiy haqiqat – borliqni asosan to’g’ri aks ettirsa-da, obraz obyektga uncha mos emasligi bilan ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat to’g’ri, biroq noto’liq, taxminiy, vaqt va joyning ma’lum tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir.

Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Nisbiy haqiqatlar bilish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o’z chegarasi bo’lgan mutlaq haqiqatga yaqinlashadi.

Nisbiy va mutlaq haqiqat dialektikasi bizning bilimimiz atrofimizdagi olamni har tomonlama va aniq qamrab olishga intilib, qarama-qarshiliklarni echib, obyektiv borliqni yanada teranroq va mukammalroq aks ettirishini ko’rsatadi. 

Hozirgi zamon ijtimoiy amaliyotining barcha muammolari ong hodisasi bilan bog’liq. Ongning mohiyati va kelib chiqishi, ongning borliqqa munosabati muammosi falsafaning eng muhim masalalaridan biri bo’lib keldi va shunday bo’lib qolmoqda...

Ong bog’lovchi, boshlang’ich falsafiy tushuncha sifatida barcha ma’naviy va ruhiy shakllarni o’zida birlashtiradi. Ong-voqelikni aks ettirishning insongagina xos usuli- oily shakli, ijtimoiy in’ikosdir. Inikosning mohiyati va  asosiy shakllari… U inson bilan tashqi voqelikning o’zaro ta’siri natijasi, inson munosabatlarini tartibga solish va boshqarishning o’ziga xos shakli, subyektiv reallikdir.

Ong voqelikni aks etgiribgina qolmay, balki uni yaratuvchisi hamdir.

Ong — ijtimoiy — madaniy, tarixiy hodisadir.

Ong insonning amaliy — o’zgartiruvchilik faoliyati asosida vujudga keladi va rivojlanadi. Ong – tafakkur va borliqning birligidir.

Ong o’z mohiyatiga ko’ra murakkab tizim bo’lib, u xayol, xotira, iroda kabi shakllar orqali voqea bo’ladi.

Ong faoliyati bo’lgan xayol voqelikning mohiyatiga ko’ra umumlashgan holda idrok etish hodisasidir.

Xayol tabiati murakkab, serqirra bo’lib, fanda hali yetarlicha o’rganilmagan.

Xayol voqelikdan hamisha oldinda yuradi va uni olg’a etaklaydi. U fazo va vaqtda chegara bilmaydi.

Xayol odam tafakkurida muhim o’rinni egallaydi. Uning turli ko’rinishlari mavjud: tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayol; real va xom (puch) xayol.

Ongimizda in’ikos etilgan narsalar, hodisalar, jarayonlarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik esga tushirishga xotira deyiladi. Hozirgi zamon fani axborotlar miyaning muayyan joylariga o’rnashib qolishi xotiraning asosiy sharti ekanini isbotlagan. Insonni o’ylash, fikrlash qobiliyati ham xotiraga kiradi. Inson xotirasiz hech bir faoliyatni amalga oshira olmagan bo’lur edi. Xotira insonning buguni, ertasini bilishida, uning erkin bo’lishida muxim omildir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil