Nisbiy namlik
Nisbiy namlik - atmosferadagi suv bugʻining haqiqiy portsial bosimini shu temperaturadagi uning maksimal portsial bosimiga nisbatining foizlarda olingan qiymatidir. Mutlaq quruq havoda Nisbiy namlik nolga teng, toʻyingan havoda esa 100% boʻladi. Nisbiy namlik — biror bir havoning mutlaq yoki solishtirma namligining shu temperaturadagi toʻyingan holati uchun mutlaq yoki solishtirma namligiga nisbati deb ham qaralishi mumkin.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |