Nisholda
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nisholda — shirinlik turi. Tayyorlash usuli: sirli idishga shakar va suv solib qaynatib, qiyom tayyorlanadi va sovitiladi. Yetmak (beh) oʻsimligining ildizi tozalanadi va maydalab suvda qaynatiladi. Yetmak qaynab chiqqandan soʻng, suvni dokadan oʻtkazib, mis qozon (yo sirli kostryulka)ga solib bir oz sovitiladi, buning ustiga tuxumnsh oqi qoʻshiladi va chilchoʻp bilan aralash tiriladi. Hosil boʻlgan oq koʻpikka ozozdan qiyom quyiladi va chilchoʻp urish uzoqdavom ettiriladi. Taʼmini yaxshilash maqsadida qiyomga limon kislota va vanilin qoʻshiladi. N.da kristallashgan shakarning qumoqlashuvi va qiyomning koʻpikdan ajralmasligi N. tayyor boʻlganini koʻrsatadi. Tayyor boʻlgan N.ning rangi oppoq boʻlib, maxsus yogʻoch kurakchani botirganda choʻzilib chiqadi. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |