Nishxoʻrd
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nishxoʻrd — hayvonlarga berilgan yem-xashak qoldigʻi, chiqit. Hayonlar konsentrat ozuqalardan (yorma holdagi don va don chiqindilari, kepak, kun-jara va shrotlardan), odatda, N. qoldirmaydi. N. koʻk oʻtlar, silos, senaj, pichan, poxol va toʻponlardan qoladi. Bunday ozuqalardan chiqadigan N. miq-dorini ularga ishlov berib yedirishga tayyorlash (ivitish, bugʻlash, maydalash, mineral qoʻshimchalar aralashtirish va boshqalar) yoʻli bilan kamaytirish mumkin. N.ni kamaytirishning yana bir yoʻli ttichanlardan donador ozuqalar va briketlar tayyorlashdir. Briket bilan boqilgan qora-mollarda N. chiqarish 4% dan oshmaydi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |