Nitragin – bakterial oʻgʻit, tarkibida tuganak bakteriyalari bor. 1 g quruq preparatda 50 mln. gacha bakteriya boʻladi. Nitragin tarkibidagi tuganak bakteriyalar atmosfera azotni toʻplab, u ni oʻsimliklar oʻzlashtiradigan birikmalarga aylantiradi. Nitragin ildizlarda tugunaklar sonini koʻpaytirib, tuproqni azot bilan boyitadi, boʻlajak ekinlar hosilini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. Nitragin donli, dukkakli ekinlar va dukkakli oʻtlarni yetishtirishda qoʻllanadi. Nitragin quruq xonada 0—10° da saqlanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil