Niyozjonxoʻja (18-asr 2-yarmi — 19-asr boshlari, Xiva) — xorazmlik maqomchixonanda, sozanda va bastakor. 19-asr boshlarida Buxoroga borib, Shashmaqomning ashula va cholgʻu yoʻllarini oʻrgangan, ularning Xorazmda keng tarqalishida muhim rol oʻynagan. Xorazm Buzruk maqomidagi Saqili Niyozjonxoʻja va boshqa bir qancha kuylar muallifi. N.ning ishini shogirdlari (Mahsumjon Qozi, Us t a Muhammadjon Sanduqiy, Komil Xorazmiy, Ahmadjon Tabibiy va boshqalar) davom ettirib, Xorazm maqomlariga yangi kuy va ashula yoʻllarini kiritgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil