Niyozmat ota masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1]. Ushbu masjid Zangiota tumanining eski masjidlaridan biri hisoblanadi.

Masjid
Niyozmat ota jome masjidi
Niyozmat ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Ismoilov Abdugʻani domla Ismagilovich
Gumbazlar soni 5
Gumbazlar soni 5
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Niyozmat ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Oʻzgarish qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Mustaqilli koʻchasi joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Ismoilov Abdugʻani domla Ismagilovich hisoblanadi. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorat qilish uchun Oʻzgarish qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan barcha koʻcha va aholi yashash punktlari aholisi namoz ibodatini ado etish maqsadida tashrif buyurishadi. Masjidda namozxonlar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy tahoratxona, bosh imom-xatib xona, fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud. Masjidga Mustaqillik koʻchasiga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinida, koʻchalardan, guzarlardan, ovullardan va qishloqlardan ziyoratchilar, mehmonlar, mahalliy aholi vakillari, musofirlar tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi. Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti hisoblangan yirik namoz paytlarida masjid binosiga oʻz sigʻimidan ortiq namozxonlar koʻpayib ketishadi.

Tarixi

tahrir

Niyozmat ota jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 3000 nafardan ziyodroq boʻlgan namozxonlarni sigʻdira oladigan zamonaviy binoga ega boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. „НИЁЗМАТ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
  2. „"HИЕЗМАТ ОТА" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.