Nizomiddin ahmad hirotiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nizomiddin Ahmad Hirotiy (1549—1594) – hind tarixchisi. Akbar davrida yuqori harbiy lavozimlarni egallagan, 1585-yil Gujarotda baxshi (armiyaning bosh intendanti), 1593-yildan davlat baxshisi. „Tabaqoti Akbariy“ nomli katta asar muallifi (1593-yil yozib tugatilgan), unda 30 ga yaqin turli manbalardan foydalanilgan. Asarda boburiy podshoh Akbar hukmronligi tarixi bilan bir qatorda Gʻazna, Gʻur, Dehli sultonlari, Bahmaniylar davlati, Gujarot sultonligi, Malva, Bengaliya, Sind, Kashmir va Hindistondagi boshqa musulmon davlatlari tarixi bayon etilgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |