Noʻgʻay yoʻli, Noʻgʻay shlyaxi -13—17-asrlarda koʻchmanchi xalqlarning rus yerlariga qiladigan chopqunlarining asosiy yoʻllaridan biri (Volganing quyi oqimidan Kolomna va Rya-zangacha)ning 16-asr boshidan eʼtiboran manbalarda uchraydigan nomi. Bu yoʻldan qilinadigan chopqunlarning oldini olish uchun rus hukumati Voronej (1586), 17-asrning 30-yillarida Tambov, Kozlov, Lomov qalʼalarini qurdirgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil