Noʻmon Aminov
Noʻmon Aminov (1908, Buxoro — 1-may 1998, Buxoro) — zardoʻz, Oʻzbekiston xalq rassomi (1982). Qadimgi Buxoro zardoʻzlik maktabi vakili. Otasi Aminjon Majidovdan hunar oʻrgangan. 30-yillardan Zardoʻzlik arteli (1960-yildan Buxoro zardoʻzlik fabrikasi)da ishlagan. Tilla, nuqra, ipak, zar iplar yordamida nodir soʻzanalar, portretlar yaratgan. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan. Uning rahbarligida zardoʻzi soʻzanalar, portretlar va boshqa tayyorlangan. Koʻplab murakkab bezakli namoyonlar ishlagan („Kitoba“, 1956; „Goʻri Amir“, 1970). U yaratgan anʼanaviy naqsh (chok)larning 32 namunasi Amaliy sanʼat muzeyida saqlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |