Nobilitet (lotincha nobilitas – yuqori tabaqa, oqsuyak) – Rim respublikasida miloddan avvalgi 3-asr boshiga kelib, patrisiylar bilan plebeylar oʻrtasidagi kurash natijasida shakllangan hukmron tabaqa. Nobilitet davlatning oliy mansablarini egallash huquqiga ega edi. Nobilitet aristokratik respublikaning siyosat anʼanalarini saqlovchilari hisoblangan, lekin uning orasidan siyosiy muxoliflar ham chiqqan. Imperatorlar davrida eski Nobilitet ga mansublik ilgarigidek ahamiyat kasb etmagan. Keng maʼnoda (qad. mualliflarda) Nobilitet— „xalq“, „qora xalq“ning ziddi boʻlgan „yuqori tabaka“, „oqsuyak“.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil